Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida 7ta avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
«Ganga» avtomobil köprigida sodir bölgan töqnaşuvi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan örganib çiqildi», deyiladi boşqarma axborot xizmati xabarida.
Unga köra, 2 iyun kuni soat 19:00larda Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy köçalari kesişmasidagi «Ganga» avtomobil köprigida aniqlanmagan «Cobalt» avtomobili keskin töxtagani sababli 7 ta bir yönalişda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli töqnaşdilar.
Bunda, quyidagi avtomobil transportlari YTHda iştirok etgani ma'lum böldi:
- 38 yoşli O. N. boşqaruvidagi Lacetti avtomobili;
- 28 yoşli A. M. Boşqargan Spark avtomobili;
- 24 yoşli Ş. boşqaruvidagi Nexia avtomobili;
- 43 yoşli Turkiya fuqarosi B.T. boşqaruvidagi Lacetti avtomobili;
- 34 yoşli Z. M. boşqaruvidagi Lacetti avtomobili;
- 25 yoşli S. E. boşqargan Toyota avtomobili;
- 29 yoşli S.T. boşqargan Malibu avtomobili.
Ma'lum qilinişiça, YTH natijasida tan jarohati olganlar yöq. YTHning barça iştirokçilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi.












