2020 yilning 30 may kuni soat taxminan 12:00da Toşkent viloyatining Zangiota tumani Bözsuv qörğoni Madaniyat köçasida, 38 yoşli X.B. 21 yoşli B.N. bilan özaro oğzaki kelişmovçilik oqibatida janjallaşgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, keyinçalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir neça marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada, X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bölimiga olib borilgan, şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Hodisa joyini közdan keçiriş jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini yer qismidan qon doğlariga öxşaş moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-kök rangli qon doğlariga öxşaş moddalar bölgan erkaklar futbolkasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam ölimiga olib kelgan qasddan badanga oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, B.N. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












