Prezident iştirokidagi videoselektorda boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov va Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulovga joriy yilning 1 oktyabriga qadar yaşaş minimumi va minimal iste'mol savatçasining huquqiy asoslarini işlab çiqib, taqdimot qiliş vazifasi qöyilgan.

«Umuman olganda, Xitoy tajribasidan kelib çiqib, kambağal oilalarning asosiy ehtiyojini (oziq-ovqat, kiyim-keçak) ta'minlab bergandan keyin, ularga sifatli ta'lim, birlamçi tibbiy xizmatlar, toza içimlik suvi bilan ta'minlaş va yaşaş uçun munosib uy-joy qilib beriş zarur», degan davlat rahbari.

Eslatib ötamiz, prezidentning 2018 yil 22 yanvardagi «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturi töğrisida»gi farmoniga köra, Özbekistonda «Tirikçilik uçun zarur eng kam miqdor» va «Iste'mol savatçasi» tuşunçalarini 2018 yilning 1 iyulidan huquqiy jihatdan tartibga soliş belgilangandi.

«Iste'mol savatçasi» – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlaş uçun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam töplami. «Iste'mol savatçasi» eng kam iş haqi va pensiyalar, bazaviy ijtimoiy tölovlar, işsizlik, bolani parvarişlaş, boquvçisini yöqotganlik nafaqalari, stipendiyalar kabi moddiy ehtiyoj miqdorlarini belgilaş uçun hisob-kitobga asos bölişi kerak.

An'anaga köra, «Iste'mol savatçasi» 3 qism – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlardan iborat. Nooziq-ovqat tovarlariga kiyim-keçak, poyabzal, birinçi navbatda zarur bölgan buyumlar, dori-darmonlar, madaniy-maişiy va xöjalik uçun möljallangan tovarlar va hokazolar kiradi. Xizmatlar röyxatidan esa kommunal, transport xizmatlari, madaniy-ma'rifiy jabhalar örin oladi.

Odatda «Iste'mol savatçasi» aholining 3ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi – mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uçun işlab çiqiladi. Ya'ni aholining turli qatlamlari tirikçiligi uçun zarur eng kam miqdorni belgilaşda muayyan davrda iste'mol savatçasidagi barça ne'matlarni iste'mol qiliş normalarini aniqlaş zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot keçirişi uçun har kuni iste'mol qilişi kerak bölgan oziq-ovqat mahsulotlari töplami va miqdorini hisoblaş yoki barça kommunal xarajatlarni qoplaşi uçun oyiga qança summa zarurligi aniqlanadi.

2019 yil yozida sobiq Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev Özbekistonda iste'mol savatçasining taxminiy miqdori 650 ming söm ekani haqida aytib