«Berilayotgan ijtimoiy yordam barcha ehtiyojmandlarga to‘g‘ri yetib bormayapti» – Prezident sektorlar rahbarlarini tanqid qildi
Bugun prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda tayyorlangan «temir daftar»lar, ya'ni, kambag‘al aholi qatlamining kamayishiga qarab sektorlar faoliyatiga baho berilishi haqida gapirildi.

«Barcha sektor rahbarlari bir holatni tushunib olishi lozim. «Temir daftar»da umumiy ko‘rsatkichlar emas, har bir oila, har bir fuqaroning muammosi va uning yechimi aks etishi kerak. Bu ro‘yxatga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bir nafar a'zosini ish bilan ta'minlashimiz shart. Agar ularni ish bilan ta'minlamasak, hech qanaqasiga bu oila oyoqqa turolmaydi. Shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarishimiz mumkin.
Lekin hamma joyda ham vaziyat birdek tashkil etilmayapti. Sektor rahbarlari ham vaziyatga to‘g‘ri baho bermayapti. Berilayotgan ijtimoiy yordam barcha ehtiyojmandlarga to‘g‘ri yetib bormayapti. Masalan, Angren shahridagi soliq idorasi rahbari sektorida oltmishta ehtiyojmand oilaga ko‘mak berildi, deb soxta ma'lumot taqdim qilgan. Bu nima degan gap?! Sektor rahbari – davlatning vakili mana shunday soxta ma'lumot bersa, jamiyatimizda xiyonat qiladigan odamlar ishlayotganidan dalolat», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shavkat Mirziyoyev bugungi og‘ir sharoitda aravasini tortgan rahbarlargina ishlashi haqida gapirdi. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlar haqida gapira turib, aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Tuman, shahar hokimlari qatorida prokuror, IIB va soliq rahbarlarining faoliyatiga har oyda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlarining xulosasi bilan baho berilishi aytildi.
«Jinoyat qayerda bo‘lyapti? Ishsizlik borr joyda jinoyat bo‘lyapti! Adolatsizlik bor joyda jinoyat bo‘lyapti», dedi prezident va sektor rahbarlari birinchi navbatda fuqarolar bandligini ta'minlashga e'tibor qaratishi lozimligini uqtirdi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston | 13:59
-
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:51
-
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Mavzuga oid

11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024