Ma'lum qilinişiça, Farğona viloyatida 2019 yil yakunlari böyiça jami 49 168 nafar işsiz yoşlar röyxatga olingan bölib, 2020 yilning yanvar-may oylarida 28 mingga yaqini, ya'ni 56 foiz işsiz yoşlar bandligi ta'minlangan.

Ulardan 7 900 nafari 1-sektor hissasiga, 7 041 – 2-sektorga, 7 017 – 3-sektorga, 5 857 – 4-sektorga töğri keladi.

Işsiz yoşlar quyidagi sohalarga jalb etildi:

Tadbirkorlik va işlab çiqariş - 5 405 nafar yoş yigit-qizlar. Ulardan 982 nafari tadbirkorlikka yönaltirilib, 38 mlrd söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

1693 nafari – tekstil korxonalarida, 1516 nafari - xususiy sektorda (MÇJ, YaTT taşkil etildi), 1214 nafari – boşqa mehnat turlari, ya'ni nonvoylik, çilangarlik, sartaroşlik, kosibçilik, hunarmandçilik va boşqa sohalarda bandligi ta'minlandi.

Bundan taşqari, viloyatdagi 963 nafar işsiz yoşlar – quriliş sohasiga, 5173 nafari – turli davlat taşkilot va korxonalariga hamda 4 307 nafari – jamoatçilik asosida turli işlarga jalb etilgan.

Işsiz yoşlar bandligini ta'minlaşda «Har bir yoşga – bir gektar» dasturi ham muhim öringa ega.

Xususan, viloyatning 11 854 nafar yoşlari qişloq xöjaligi sohasiga yönaltirilib, 2 643 nafariga 10-30 sotixdan yer ajratib berildi, jami 1 128 gektar. Şulardan 522 gektari adir va tekisliklardan, 606 gektari esa boğlar orasidan.

Uşbu ajratilgan yer maydonlarining 72 gektariga - kartoşka, 172 gektariga - sabzavot, 189 gektariga - poliz, 103 gektariga - dukkakli, 345 gektariga – mevali daraxtlar, 195 gektariga – tut va uzum, 52 gektariga - moyli ekinlar ekildi.