Minnesota ştati boş prokurori Kit Ellison Floydning uşlanişi vaqtida uning böynini tizzasi bilan bosib turgan Şovinga avval qöyilgan ayblovni qasddan sodir etilmagan ikkinçi darajali qotillikka özgartirgan. Bundan avval politsiyaçiga qasddan sodir etilmagan uçinçi darajali qotillik ayblovi bildirilgandi.   

Şuningdek, Floydning qölga olinişida iştirok etgan yana 3 politsiyaçiga qotillikka şerik böliş ayblovi ilgari surildi. Avval ularga heç qanday ayblov bildirilmay, politsiyadan böşatilgan edi.

Minnesotadan senator Emi Klobuşar Şovinga bildirilgan ayblovning qat'iylaştirilişini “adolat qaror topişidagi yana bir muhim qadam” deb atagan.  

Ötgan hafta Floydning uşlanişida iştirok etgan barça 4 politsiyaçi işdan böşatilgan edi.

Avvalroq Change.org platformasida Floydning ölimida aybdor barça politsiyaçilarni jazolaş talab qilingan petitsiya paydo bölgandi. Petitsiyani 12 mlnga yaqin odam imzolagan.