Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi maktabga hujum oqibatida 40dan ortiq o‘quvchi jarohatlandi
Maktab qorovuli bo‘lib ishlaydigan 50 yoshli erkak kutilmaganda qo‘liga pichoq olib bolalar va kattalarga tashlangan.
Foto: DPA
Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom rayonida joylashgan boshlang‘ich maktabda 40dan ortiq o‘quvchilar va maktab xodimlari pichoq bilan qilingan hujum natijasida jarohat oldi.
Xabar qilinishicha, hujum Uchjou shahri yaqinidagi Vanfu qishlog‘idagi maktabda amalga oshirilgan.
Maktab qorovuli bo‘lib ishlaydigan 50 yoshli erkak kutilmaganda qo‘liga pichoq olib bolalar va kattalarga tashlangan.
Jarohatlanganlarning aksariyati olti yoshgacha bo‘lgan bolalar ekanligi aytilmoqda. Bir o‘quvchi, maktab direktori va boshqa qorovul jiddiy jarohatlangan. Hujum qilgan shaxs hibsga olingan, uning nima uchun bunday qilganligi hozircha aniqlanmagan.
OAVning yozishicha, bu Xitoydagi maktabda yuz bergan birinchi holat emas. Shuning uchun Xitoydagi maktablar qo‘riqlanadi.
Mavzuga oid
13:52
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026