O‘tgan shanba kuni PSM Auto avtosalonida chindan ham esda qolarli voqea sodir bo‘ldi – Rahmatullo Atamurotov MacCoffee 3 in 1 Original yutuq sifatida taklif etayotgan 12 ta Chevrolet Cobalt avtomobillardan dastlabkisini qabul qilib oldi. Bizning omadli ishtirokchimiz ajoyib yutug‘ini olish uchun Xorazm viloyati Hazorasp tumanidan tashrif buyurdi va uyiga o‘zining shaxsiy avtomobilida qaytib ketdi.

Ming afsuski, karantin bilan bog‘liq vaziyat tufayli kompaniya avtomobilni topshirish mo‘ljallangan keng qamrovli marosimni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Faqat yutuq egasiga barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda Chevrolet Cobalt avtomobili tantanali ravishda topshirildi.

«1,2,3 ga yutuqlar» aksiyasi 2020 yilning 1 fevralidan 2021 yilning 28 fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi. MacCoffee 3 in 1 Original mahsulotining har biri promo qadog‘ida noyob va o‘ziga xos kod mavjud. Shu kodni 3223 qisqa raqamiga yo‘llagan ishtirokchi darhol kod yutuqli yoki yo‘qligini bilib olishi mumkin. Aksiya davomida 12 ta Chevrolet Cobalt avtomobili, 1000 dona smartfon va 100000 kishining balansi to‘ldirib beriladi. Bugungi kunga kelib 230 ta smartfon egalariga topshirildi, 24800 balans to‘ldirildi.

Omadli g‘olibimiz Rahmatullo Atamurotov o‘zining yutuq egasi bo‘lish tarixi bilan o‘rtoqlashdi:

«O‘zim xorazmlikman. Aksiya haqida do‘konda osib qo‘yilgan e'lon orqali bildik va bizga qiziqarli tuyildi. Men va akam MacCoffee qahvasini anchadan beri bilamiz va iste'mol qilamiz. Tanlovda ishtirok etishga qaror qildik va 13 mart kuni akam bilan kodlarni jo‘nata boshladik.

Oshxonamizda isitish pechidan foydalanamiz. Biz sashet (yirtiluvchi paketcha)larni ochib, qahvani bankaga to‘kib olardik va promo kodlarni jo‘natardik. Natija ko‘rsatilgan SMS yetib kelishi bilan sashet yutuqli bo‘lmasa, uni darhol olovga uloqtirardik. 10-20 tacha qadoqni ochganimizdan so‘ng aynan yutuqli sashetga yetib bordik. Ana shunda hammasi kinodagidek kechdi – xuddi mana shu sashetga tegishli kodli SMS hech jo‘nayvermaydi. Va nihoyat jo‘natganimizdan keyin ham javob hayalladi. Bu orada biz ayni shu sashetda yutuq yo‘q, degan xulosaga keldik va uni ham pechkaga uloqtirdik. Xuddi shu paytda javob yo‘llangan SMS yetib keldi!