Ronaldu tarixdagi ilk milliarder futbolchiga aylandi
Krishtianu Ronalduning 17 yillik faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublarida olgan maoshi 650 mln dollarni tashkil etgan.
Turinning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu daromadi 1 mlrd dollardan oshgan dunyodagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
35 yoshli futbolchi faoliyati davomida 1 mlrd dollardan ortiq pul topgan tarixdagi uchinchi sportchi bo‘ldi. Undan avval golfchi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezer ana shu ko‘rsatkichni zabt etgandi.
Ronalduning 17 yillik faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublarida olgan maoshi 650 mln dollarni tashkil etgan. Qolgan daromadini esa homiylar bilan shartnomalar orqali qo‘lga kiritgan.
Amerikaning Nike kompaniyasi bilan shartnomaga ko‘ra, Ronaldu yiliga 20 mln dollar oladi. U 2016 yilda kompaniya bilan bir umrlik shartnoma tuzgan. Futbolchi shuningdek, Clear, Herbalife va Abbott bilan hamkorlik qiladi.
Ronaldu o‘tgan yili 105 mln dollar ishlab topgan. U Forbes jurnalining eng ko‘p daromad topuvchi mashhurlar reytingida model Kayli Jyenner (590 mln dollar), reper va dizayner Kane Uest (170 mln dollar) va tennischi Rojyer Federerdan (106,3 mln dollar) keyin to‘rtinchi o‘rindo joylashgan.
Mavzuga oid
20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024