«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102-moddasiga hamda «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga asosan, Jöraboyev Abduqahhor Abduvohidoviç Toşloq tumani hokimi etib tayinlansin», deyiladi Farğona viloyati hokimi qarorida.

Ma'lumot uçun, Abduqahhor Jöraboyev Farğona viloyatidagi paxta töqimaçilik klasteri tizimidagi «Expo Kolor Print tex» MÇJ boş direktori, Xalq deputatlari Farğona viloyat Kengaşidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a'zosi hisoblanadi.

  • Korxonalar va taşkilotlarning yagona davlat registri ma'lumotlariga köra, mas'uliyati çeklangan jamiyat körinişidagi Expo Kollor Prin Teks kompaniyasi 2007 yil 18 iyunda taşkil etilgan. Registrda körsatilgan faoliyat turi — paxta tolalarini tayyorlaş va yigiriş; ustav fondi 4,3 milliard söm. Kompaniya rahbari sifatida Abduqahhor Jöraboyev körsatilgan.

Bundan avvalroq, 2018 yil martidan buyon Toşloqqa rahbarlik qilib kelgan Şuhratjon Abdusalomov prezident iştirokidagi yiğiliş vaqtida işdan olingani xabar qilingandi.