AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar uçun koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantin çeklovlarini olib taşlaş vaqti kelganligini aytdi.  

«Biz avvalgi holatga qaytyapmiz, mamlakatni oçyapmiz», — dedi Tramp.

Tramp bundan taşqari, AQŞ kompaniyalari koronavirusga qarşi vaksina yaratişda ulkan yutuqlarga erişganini aytdi. Uning sözlariga köra, 2 mln doza jönatişga tayyor turibdi va vaksina xavfsizlik tekşiruvidan ötişi bilan jönatiladi.  

U çeklovlarni olib taşlagan ştatlar gubernatorlarini misol qilib körsatdi va boşqalarni ham ulardan örnak olişga çaqirdi. Tramp Jorjiya, Janubiy Karolina, Florida va boşqa köplab joylar oçilganini hamda u yerdagilar «yirik biznes» qilişayotganini aytdi.

Trampning aytişiça, barça çeklovlar olib taşlanganidan söng AQŞni uzoq davom etadigan ösiş kutmoqda.  

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, AQŞda 1,875 mln kişi koronavirus yuqtirgan, 108 mingdan ortiq kişi vafot etgan.