Kompaniya şu yöl bilan özining iqtisodiy holatiga jiddiy ziyon yetkazgan pandemiya oqibatlarini yengib ötişga harakat qilmoqda. Pandemiya sababli turli davlatlarda kiritilgan çeklovlar sababli kompaniya avtomobillariga talab pasayib ketdi. Ba'zi davlatlarda esa BMW maşinalariga talab nol qiymatgaça tuşib ketgan.
2020 yilning 1-çoragida kompaniya maşinalari savdosi jahon bozorida 6,4 foizga tuşib ketgan. Kompaniya mutaxassislarining fikriça, bozor sust tiklanadi. Şu sababli, daromad oliş muammo bölib qoladi.
Kompaniya öz xarajatlarini qisqartiriş uçun keskin çoralarga, jumladan öz korxonalarida işlovçi xodimlari sonini qisqartirişga majbur bölmoqda. Bunda işdan böşatiladigan xodimlarga kompensatsiya tölaş yoki muddatdan oldin pensiyaga çiqiş kabi variantlar taklif etilişi mumkin.












