Ta'kidlanişiça, Braziliya soğliqni saqlaş vazirligi bir neça kundan beri öz saytida koronavirus böyiça sönggi kundagi ma'lumotlarnigina berib borgan. Şundan keyin dunyo böyiça koronavirus böyiça statistikani berib boruvçi AQŞning Jon Hopkins universiteti 6 iyun kuni Braziliya böyiça ma'lumotlarni öz saytidan öçirib taşlagan. Universitetda ta'kidlanişiça, oxirgi 24 soat içidagi ma'lumotlarni e'lon qilişdan ma'no yöq.

Biroq keyinroq Braziliya böyiça ma'lumotlar saytga qaytarilgan. Unga köra, ayni vaqtda Braziliyada koronavirusga çalinganlar soni 645771 nafarni taşkil qilmoqda. 

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru hukumatning Braziliyada koronavirus epidemiyasi kölamlari haqidagi rasmiy ma'lumotlarni qisman yaşiriş qarorini qöllab-quvvatlagan. Uning fikriça, umumiy statistikani yangilaş mamlakatdagi joriy vaziyatni aks ettirmaydi.  

Bolsonaru Twitter’da soğliqni saqlaş vazirligi koronavirus tarqalişi öçoqlarini aniqlaş va epidemiyaga qarşi keyingi strategiyani belgilaş uçun koronavirus böyiça statistikani yiğişni optimallaştirişini ma'lum qilgan.

Uning ta'kidlaşiça, statistikada xatoliklar bölmasligi uçun virusga çalinganlar soni avvalgidek mahalliy vaqt bilan soat 17 dan 19 gaça emas, balki 22da e'lon qilinadi.

6 iyunda Bolsonaru Braziliya AQŞ ortidan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotini tark etişi mumkinligini aytgandi. Uning ta'kidlaşiça, bu holat agar JSST “soğliqni saqlaş borasida Braziliyaga nima qilişni örgatsa” yuz berişi mumkin.