Olmaliqdagi kombinat işçilariga nega çalajon tovuqlar tarqatildi? Mutasaddilar izoh berdi
|01:11 / 07.06.202037 94912 min
3 iyun kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan işçilarga tovuqlar tarqatilgani haqidagi xabarga ilova qilingan suratlar ijtimoiy tarmoqda köplab muhokamalarga sabab böldi. Suratlardagi patlari tökilgan tovuqlar nihoyatda abgor holatda ekani körinadi, ularning orasida ölganlari ham közga taşlanadi. Internet foydalanuvçilari aytayotganidek, kombinat çindan ham işçilariga kasallangan yoxud ölik tovuqlarni tarqatdimi? Kun.uz muxbiri mutasaddilar bilan suhbatlaşib, voqeaga oydinlik kiritdi.
Ma'lum bölişiça, bu xabar dastavval Olmaliq şahar hokimligining Telegram’dagi kanalida çiqqan. Hokimlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Röziyevaning aytişiça, kombinat öz xodimlarining ijtimoiy himoyasiga alohida e'tibor qaratib kelişi, bu xabarni ham boşqalarga ibrat bölişi uçun hokimlikning rasmiy kanalida çiqarişga qaror qilgan.
Suratga izoh: Ayni paytda uşbu xabar Olmaliq şahar hokimligining Telegram’dagi kanalidan öçirilgan.
“Telegram’dagi botimizga kelgan murojaatlar, fuqarolar tomonidan yuborilgan suratlarga asoslanib bu xabarni çiqargandik. Bu mavzu Odnoklassniki’da ham muhokamalarga sabab bölayotgani uçun hokimlik axborot xizmati sifatida munosabat bildirib qöyişni, holat turliça talqin qilinişining oldini olişni istagandik. Qolaversa, kombinat rahbariyati işçi-xodimlarining ijtimoiy himoyasiga hamişa alohida e'tibor qaratib keladi, ularga tez-tez turli mahsulotlar tarqatib turiladi. Kombinatning navbatdagi xayrli işini olqişlaş, boşqalarga ibrat qilib körsatiş maqsadida “Barakalla, OKMK!” degan olqiş bilan uşbu xabarni tarqatgandik. Bundan heç qanday ğaraz maqsad, kombinatni yomonotliq qiliş közlanmagan. Şuni tuşunişlarini istayman.
Telegram’dagi botimizga kombinat boşqaruv raisi buyruğining nusxalarigaça jönatilgan. Öşa yerda işlovçi odamlardan bu haqda suriştirdik, ular tasdiqlaşdi. Buyruq nusxasi qölimizda borligi uçun axborot xizmatiga murojaat qilmadik. Qolaversa, suratlarni ham OKMK kiyimida tuşgan işçilarning özlari jönatişgan edi. Suratlarni xabarimiz quruq gap emasligini bildiriş uçun joylagandik. Lekin jamoatçilik xabarning mazmuni qolib, suratlar muhokamasiga kirişib ketişini, holat bu darajada şov-şuvga aylanişini kutmagandik oçiği.
Xabar 3 iyun kuni keçki 11dan keyin e'lon qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda turliça talqin qilingandan söng 4 iyun kuni soat 10larda xabarni kanaldan öçirib taşlaşga majbur böldim. Şahar hokimligining rasmiy kanalida 4 iyun kuni OKMK axborot xizmatining holat böyiça munosabati hamda 5 iyun kuni esa
Suratga izoh: OKMK boşqaruv raisining tegişli buyruği.
OKMK axborot xizmati xizmati rahbari Umida Qarşiboyevaning aytişiça, Olmaliq şahar hokimligi rasmiy kanalida e'lon qilingan xabarda keltirilganidek, tovuqlar kombinat işçi-xodimlariga oylik maoşi hisobidan tarqatilgani anglaşilmovçilikdir.
“Aslida tovuqlar bepul tarqatilgan. Bu haqda Telegram’dagi rasmiy kanalimizda 1 iyun kuni çiqqan e'lonimizdayam yozilgan.
“Olmaliq KMK” AJ boşqaruvining 2019 yil yil 20 sentyabrdagi qarori hamda oziq-ovqat dasturi ijrosini ta'minlaş, kombinat işçilarini ijtimoiy va moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida kombinat boşqaruvi raisining tegişli buyruği bilan 1 boşdan tovuq ajratilişi belgilandi. Kombinat rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyuşmasi Kengaşi tomonidan bildirilgan taklif asosida ajratilayotgan uşbu tovuq bepul tarzda işçi-xodimlarga tarqatilmoqda.
Tovuqlarimizning tuxum berişi pasaygan. Şuning uçun tovuqlarni işçi-xodimlarga bepul tarqatiş, örniga yangi jöjalarni olib kelişga qaror qilingandi. Tovuq fabrikamiz töliq quvvat bilan işlaşi kerak.
Tovuqlarning pulini işçilarning oyligidan uşlab qoliş xayolimizning çekkasiga ham kelgani yöq. Kombinat boşqaruvi raisining 2020 yil 29 maydagi buyruğida tovuqlarning tannarxi körsatib ötilgan. Köpçilik şuni notöğri tuşunib, tovuqlarning pulini iş haqidan uşlab qolinarkan deb öylagan. Lekin unday bölgani yöq. Avval-boşdan ular işçilarga beğaraz yordam sifatida berilişi töğrisida qaror qabul qilingan edi.
Faqatgina tovuqlar moddiy yordam sifatida berilgani uçun bu jarayonda yuzaga keladigan daromad soliği (1020 söm) örnatilgan tartibda işçilarning oylik maoşidan uşlab qolinişi aytilgandi. Har bir işçiga bir boşdan tovuq berilişi belgilangandi. Köp qavatli uylarda yaşovçilar orasida tovuqlarni olişdan boş tortganlar böldi, hovlida yaşaydiganlar 3-4 boşdan oldi. Olganlar uçun olmaganlar daromad soliği tölamaydi-ku, töğrimi?! Şuning uçun kombinat boşqaruvi raisining boşqa bir buyruği çiqarildi va unda xodimlardan heç qanday mablağ undirilmasligi, barçasi kombinat hisobidan qoplanişi belgilandi”, deydi Umida Qarşiboyeva.
OKMK Iste'mol mollari işlab çiqariş boşqarmasi boşliği Elyor Haydarov kombinat rahbari buyruğida tovuqlarning narxi 8200 söm etib belgilanganining sababini buxgalteriya hisob-kitoblari, ya'ni tovuqlarni fabrika hisobidan çiqariş uçun tuziladigan hujjatlarda aks ettiriş uçun körsatilganini bildirdi.
“Fabrikamizga tovuqlar bir kunlik jöjalik vaqtida olib kelinadi. Ular 120 kundan keyin tuxumga kiradi. Qaysidir davrda hosildorligi oşadi, kamayadi yoki töxtaydi. Qaysi jarayondaligiga qarab tovuqlarning qoldiq summasi böladi. Soliştiriş uçun aytişim mumkin: 3 iyun kuni işçilarga tarqatilgan tovuqlarning tannarxi ötgan yili 17200 söm bölgan. Bu yilga kelib tuxum berişi kamayib ketgan holatida 8200 sömlik holatga kelgan. Buni hisob-kitoblarimizdayam köriş mumkin.
Korxona işçilarga bu tovuqlarni bepul tarqatgani bilan buni hisobotlarda aks ettirişimiz kerak. Şu sababli tovuqlarni fabrika hisobidan çiqariş uçun tuziladigan aktda ularning narxi körsatiladi. Ya'ni yuqoridagi buyruqda har bir tovuq uçun 8200 sömdan uşlab qolinişi haqida umuman gap ketmagan. Aksinça, buyruq “Biz sizlarga ayni paytdagi tannarxi 8200 söm bölgan tovuqlarni bepul beryapmiz”, degan mazmunda körsatilgan va bu hisob-kitoblarimiz uçun juda muhim”, deydi u.
Ma'lum bölişiça, OKMK tasarrufidagi parrandaçilik fabrikasida ayni paytda 30 ming boşga yaqin tovuq boqilmoqda. Ular bir kunda örtaça 36 ming donagaça tuxum berib kelgan. Mutasaddilarning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda aks etgan tovuqlarning abgor holati ularning tullayotgani bilan boğliq.
“Şunga e'tibor berişingizni istardim, fabrikamizda tovuqlar salqin muhitda saqlanadi. Fabrikadagi eng yuqori temperatura 26-27 darajani taşkil etadi. Ular kunning issiğida ikki soatça yölda bölgan, şu sababli holsizlanib qolgan.
Tovuqlarning patsiz ekaniga kelsak, ularda faqatgina mayda patlar yöq. Bu tovuqlar quyoş nurini körmasdan bitta joyda saqlanayotgan, tuxum berib turgan tovuqlar. E'tibor qilinsa, qanot patlari mavjud. Tuxum berişda ana şu patlarigina muhim rol öynaydi, mayda patlarining heç qanday ahamiyati yöq.
Özi tovuqlarning kiçik patlari mavsumiy bölib, tez-tez tullab, ya'ni tökilib turadi. Ular kun salqin bölganda özini himoya qiliş uçun çiqsa, kunlar isib ketganda tökiladi. Suratlarga sinçiklab qaralsa, tovuqlarning pastki qismida mayda patlar qaytadan ösayotganini köriş mumkin. Ma'lum vaqtdan keyin ular tovuqning butun badanini töliq qoplaydi.
Tovuqlarning tullaşi ularning qandaydir kasallikka çalinganini anglatmaydi. Fabrikamizda ularning salomatligi muntazam nazorat qilinadi, turli kasalliklarga qarşi öz vaqtida emlab boriladi. Bunday zotdagi – “Lomann sendi”, “Lomann Braun” tovuqlarida sakson haftalik bölganidan keyin tuxum beriş xususiyati kamayadi. Ayni paytda ularning tuxum berişi 50-60 foizga kamayib ketgan. Bunday vaziyatda tovuqlarga berayotgan yemimiz, qilayotgan xarajatimiz qoplanmaydi. Şuning uçun ularni göştga topşirişimiz yoki aholiga sotib yuborişimiz mumkin edi. Biroq rahbariyat ularni işçilarga tarqatişni ma'qul kördi”, deydi parrandaçilik fabrikasi veterinar-vraçi Anvar Haydarov.
Umida Qarşiboyevaning ta'kidlaşiça, tovuqlarning suvsizlanib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda köringanidek abgor holatga kelib qolişi ularning notöğri “transportirovka” qilingani bilan boğliq.
“Ta'minotçilar ham har xil. Topşiriqni öz vaqtida bajaray deb şoşilgan bölişlari mumkin. Köz oldida öynab turgan tovuqlar bunçalik sulayib qolişini bilmagan bölişi mumkin. Ertalabki yoki keçki salqinda olib keliş xayollariga kelmagan.
Qolaversa, kombinatimizda iş smenali. Köpçilikning iş vaqti tugaşiga qarab olib kelişgan. Vaqtliroq olib kelib qöyilib, işçilar smenasini topşirib çiqqunigaça ham ança vaqt ötgan, bu ham tovuqlarning holsizlanib qolişiga sabab bölgan bölişi mumkin.
Şunça vaqtdan beri işçi-xizmatçilarining ijtimoiy himoyasi haqida qayğurib kelayotgan, bu borada respublikada eng old örinlarda turgan kombinat kasallangan tovuqlarni xodimlariga tarqatib, misqollab yiğilgan obrösini tökmaydi, şuni bilişingizni istardim”, deydi u.
Elyor Haydarovning aytişiça, har bir xodim 30 boşgaça tovuq olişi mumkin. Undan ortiğiga ruxsat yöq. Yana tovuq berilişini kutayotganlar bor.
“Tovuqlar talabnoma asosida tarqatilgan, röyxatlari turibdi. Tarqatiş jarayonida birorta muammo kuzatilmagandi. Faqatgina kombinat tasarrufidagi markaziy ta'mirlaş-mexanika zavodi işçilariga tovuqlar tarqatilayotganda peşin payti bölgan, kunning issiğida qolgan tovuqlar holsizlanib qolgan. Qolaversa, tovuqlarning tullaganini körib ayrim işçilar ularni kasal deb öylab, olişdan voz keçişgan. Tovuqlar heç kimga majburlab ötkazilgani yöq. Kim xohlasa oldi, xohlamaganlar olmadi.
Oddiy misol, rux işlab çiqariladigan zavodimiz 2023 boş tovuq olib ketgan. Işçilari köp, yana 2000 boş tovuq olib ketiş kerak, qaçon tovuqlarni berasizlar deb söraşmoqda.
Tovuqlarni olib ketişdan oldin yetkazib beruvçilarga tuşuntiramiz. Fabrikaga borib tovuqlarni olib kelgan zahoti soya-salqin joyga tuşirib, suv beriş kerakligini tayinlaymiz. Tovuqning tana harorati 41 darajani taşkil etadi. Oddiy inson har yarim soatda yarim piyola suv içsa, şuni 10 gramm deb oladigan bölsak, bitta tovuq tana harorati baland bölgani sababli har yarim soatda ikki marta 10 grammdan suv içadi”, deydi u
Mutasaddilarning aytişiça, işçilarga tarqatilgan tovuqlarning orasida ölib qolganlari yöq. Holsizligidan harakatsiz bölib qolgan tovuqlarni ham salqin joyga olib ötilib ustiga suv purkalsa va içirilsa, ular jonlangan.
“Tovuqlar fabrikada saqlangan 80 hafta – 600 kun davomida bir kun ham quyoş nurini körmagan. Bunday holatda ularning közlari yumilib, qolaversa, issiq natijasida holsizlanib qolgan bölişi mumkin. Lekin ular tirik bölgan. Yana bir marta aytaman, kunning issiğida kombinatga oborilgani uçun ular sulayib qolgan, suvsizlangan.
Xuddi şunday tovuqlarni olib ketgan xodimlarimizning aytişiça, tovuqlar ma'lum vaqtdan keyin jonlangan. Tovuqlarni olgan 16 korxonada işlovçi istalgan işçining uyiga borib körsatişimiz mumkin.
Agar tovuqlarni söyadigan maxsus sexlarimiz bölganida, ularni söyib, öratib, sovutkiçlarda saqlab, işçilarga tarqatganimizda talab ketişardi. Afsuski, bunga şaroitimiz yöq.
Biz buni hozir kolbasa sexlariga topşiradigan bölsak, 15 ming sömdan tijorat taklifi berib sotib olamiz degan taşkilotlar juda köp. Toşkent şahridagi sanoat zonasida faoliyat yuritadigan kolbasaçilar bilan gaplaşdim, bir boş tovuqni 15 ming sömdan olamiz deyişdi. Ayrimlar 14 ming söm narx taklif qilişdi. Özimiz “transportirovka” qilib olib ketamiz, bu borada muammo bölmaydi deyişdi. Bu haqda rahbariyatga ham yozma ravişda ma'lum qilganman. Lekin kombinat rahbariyati tovuqlarni işçilarga tarqatişni lozim topdi.
Kombinatimizda har yili işçi-xodimlarga kartoşka, piyoz, guruç kabi köplab iste'mol mahsulotlari tekin tarqatib kelinadi. Yaqinda imtiyozli narxda işçilarga qöy tarqatildi. Har kilogramm göşt uçun bozor bahosida 32 ming sömdan narx belgilanib, qöylarning narxi belgilandi, pulini işçilar oyliklaridan bölib beradigan böldi. Özimizning tovuq fabrikamizda yetiştirilgan tovuqlar ham xuddi şu tarzda xodimlarga bepul tarqatildi. Tovuqlarni olganlarning aksariyati ularni boqayapti, boqişga şaroiti bölmaganlar söyib olişyapti”, deydi Elyor Haydarov.
Uning aytişiça, ikki kun davomida OKMK tarkibidagi 16 ta korxona işçilariga 5856 boş tovuq bepul tarqatilgan. Talabga qarab yana tarqatiş rejalaştirilgan.