Farğona vodiysi böylab uzunligi 331 km bölgan halqa temir yöl qurilib, elektropoyezdlar harakati qöyiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 7 iyun kuni Farğonada bölib ötgan sessiyasida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Qöqon – Marğilon – Andijon – Namangan – Qöqon» yönalişida harakatlaniş ekspress elektropoyezdida, «Qöqon – Namangan – Andijon – Qöqon» yönalişida esa oddiy elektropoyezdda yölga qöyiladi.
Ekspress elektropoyezd 5ta bekatda, oddiy elektropoyezd 35ta bekatda töxtaydi.
Ekspress bir doira yölga 5 yarim soat sarflasa, oddiy elektropoyezd 7 yarim soat sarflaydi.
Yillik potensial yölovçi oqimi ekspress elektropoyezdda 214 mingdan 429 ming kişigaça, oddiy elektropoyezdda 429 mingdan 858 ming kişigaça bölişi kutilmoqda.
Yölkira narxi 5 ming sömdan 45 ming sömgaça böladi.
Poyezdlar konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uçun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta'minlanadi.
Dastlabki qiymati 45 mln dollar bölgan loyiha DXŞ asosida amalga oşiriladi. Loyiha bir yildan kamroq vaqt içida - 2021 yil birinçi çoragida işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Qöqonda logistika markazi quriladi

Qöqon erkin iqtisodiy zonasi qoşida, 23 gektar maydonda yangi multimodal logistika markazi taşkil etiladi.
Logistika markazida 10 ming kv.m yopiq ombor, 3 ming kv.m. sovutgiçli ombor, özgarmas yuklar uçun 30 ming kv.m maydonda oçiq ombor, 27 ming kv.m konteynerlar uçun oçiq maydon barpo etiladi.
Logistika markazi 12,2 million dollar evaziga bunyod etiladi.
Majmua 200dan ortiq yangi iş örinlari yaratişi bilan birga, yiliga 200 mingta konteyner va 10 million tonna yuk bilan işlaş quvvatiga ega böladi.
Yil oxirigaça Farğonada 20 ming km yöl ta'mirlanadi, Oltiariq uzumçilikka ixtisoslaştiriladi
Farğonaga bu yil davlat budjetidan 1,4 trln söm ajratilmoqda – Moliya vaziri örinbosari












