Gruziya hukumati 8 iyundan koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin çeklovlarini yumşatiş böyiça navbatdagi bosqiçni boşladi. Bu haqda «Sputnik Gruziya» xabar berdi.
Hukumat qaroriga muvofiq, mamlakatda restoran va qahvaxonalar, mehmonxonalar va valuta almaştiriş şaxobçalari, xalqaro qatnov oçiladi. Yölovçi va temir yöl qatnovi 15 iyundan boşlanadi.
Umumiy ovqatlaniş muassasalarida niqob taqiş, ijtimoiy masofaga rioya qiliş majburiy böladi, bir stolda oltitadan ortiq kişi ötirişiga ruxsat berilmaydi.
Ma'lumotlarga köra, Gruziyada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 800dan ortiq holat qayd etilgan, 13 kişi vafot etgan.













