Samarqand şahri yangilangan röyxatda «sariq» toifada körsatilgan. Şaharda 27 martdan jamoat transporti harakati töxtatilgandi. Respublika hududlarini koronavirus tarqaliş darajasiga köra uç xil toifaga ajratiş boşlangandan buyon Samarqand şahri «qizil» hudud bölib qolayotgandi.

Uzoq vaqt «qizil» hududlar qatorida bölgan va viloyatdagi oltita «kasallik öçoqlaridan» biri deb e'lon qilingan Toyloq tumani ham «sariq» hududlar qatoriga kirgan. Şuningdek, endilikda Oqdaryo va Samarqand tumanlari ham «sariq» toifaga ötgan. Payariq, Past Darğom va Urgut tumanlari hamon «qizil» hududligiça qolmoqda.

Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, oxirgi kunlarda Toyloq tumani va Samarqand şahrida transport qatnoviga çeklovlar yumşatilgan va belgilangan muddatda (07:00dan 10:00gaça, 17:00dan 20:00gaça) toyloqlik fuqarolar öz maşinasida Samarqand şahriga öta boşlagan. Bungaça öta zarur holatlardan taşqari maşinalarning Toyloq tumanidan çiqişiga ruxsat berilmagan va tumandan deyarli maşinalar çiqmayotgandi.

Samarqand viloyatidagi hududlar koronavirus tarqaliş xavfining darajasiga köra quyidagi tartibda tavsiflangan.

«Qizil» hududlar: Payariq tumani, Past Darğom tumani, Urgut tumani;

«Sariq» hududlar: Samarqand şahri, Samarqand tumani, Oqdaryo tumani, Toyloq tumani, Jomboy tumani;

«Yaşil» hududlar: Kattaqörğon şahri, Kattaqörğon tumani, Narpay tumani, Qöşrabot tumani, Nurobod tumani, Bulunğur tumani, Paxtaçi tumani, Iştixon tumani.