Aprelning özida aviakompaniyalar 2019 yilga nisbatan 95 foiz yölovçini yöqotgan.
Aviakompaniyalar tuşumi 2019 yilga nisbatan 50 foizga – 838 mlrd dollardan 419 mlrd dollargaça kamayadi. Avvalgi körsatkiçlarni 2021 yilda tiklaşga muvaffaq bölinmaydi. IATA aviakompaniyalar tuşumi 2021 yilda faqatgina 598 mlrd dollargaça oşişini prognoz qilmoqda.
“Moliyaviy borada 2020 yil aviatsiya tarixida eng yomon yil böladi”, deb aytgan IATA rahbari Aleksandr de Jyunyak. Uning ta'kidlaşiça, aviataşuvlar sohasi har kun 230 mln dollardan yöqotmoqda.
IATA prognoziga köra, yölovçi avitaşuvlariga talab 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 54,7 foizga kamayadi. Şuningdek, yölovçilar soni 2020 yilda 2 martaga – 2,2 mrld kişiga kamayişi kutilmoqda. Bu esa taxminan 2006 yildagi körsatkiçlarga teng hisoblanadi. Şu bilan birga prognozda traffik sekin-asta ösayotgani aytilgan.













