“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mobil aloqa tarmoği abonenti boşqa tarmoqqa ötganda telefon raqamini saqlab qoliş tartibini joriy etiş haqida petitsiya joylaştirildi.
Prezidentning 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3724-son qarori 5-bandida “mijozlarni mobil aloqa raqamiga boğliq holda masofadan identifikatsiya qiliş mexanizmining samarali işlaşini ta'minlaş maqsadida 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmoği abonenti boşqa mobil aloqa tarmoğiga ötganda telefon raqamini saqlab qoliş tartibini işlab çiqiş” vazifasi belgilangandi.
“Bu tartibni amalda qöllaş, mobil operatorlar örtasida soğlom raqobatni vujudga keltiradi. Bundan taşqari, abonentlarni qöşimça SIM-kartalardan ozod qiladi, maqbul tanlov imkoniyatini yaratadi hamda xizmat haqlarining pasayişiga sabab böladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, mobil aloqa tarmoği abonenti boşqa mobil aloqa tarmoğiga ötganda telefon raqamini saqlab qoliş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda.












