Vazirlar Mahkamasining “Belarus-Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining Navoiy şahridagi filialini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belarus-Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining Navoiy şahrida filiali taşkil etiladi.

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:

injiniring, texnologik jarayonlar, elektronika, IT-dasturlaş kimyo hamda viloyat sanoatining boşqa ustuvor tarmoqlari böyiça yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş;

viloyatdagi sanoat işlab çiqarişning barça tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib boriş;

mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimini jahon ta'lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantiriş;

sanoat işlab çiqarişida tejamkorlik, puxta va uzluksiz faoliyatni ta'minlaşga yönaltirilgan metrologiya, standartlaştiriş va mahsulot sifati menejmenti, intellektual qurilmalar, maşinalar va işlab çiqariş, kompyuter mexatronikasi, transport logistikasi va ekologiya tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlarni olib boriş, sanoat korxonalarining innovatsion loyihalarini amalga oşiriş;

muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştirişga yönaltirilgan yangi ta'lim dasturlari va öqitişning zamonaviy şakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni işlab çiqiş hamda amaliyotga joriy etiş;

xorijiy mamlakatlarning yetakçi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş;

ta'lim, ilmiy faoliyat va işlab çiqariş integratsiyasini ta'minlaş uçun şart-şaroitlar yaratiş.

Belgilab qöyilişiça:

Filial Belarus-Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan alohida tarkibiy bölinmasi hamda kadrlarga bölgan ehtiyojni inobatga olgan holda, ta'limning kelişilgan asosiy yönaliş (mutaxassislik)lari böyiça barça darajadagi mutaxassislarni, jumladan qöşma ta'lim dasturlari asosida tayyorlaşni amalga oşiradigan oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi;