DXX Farğona viloyati boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Toşkent şahridan Qöqon şahri tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomaşina Danğara tumani hududida töxtatildi.

Avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning salon qismida 11 000 dona “Tramadol” tabletkasi borligi va u maşinada yölovçi sifatida ketayotgan Qöqon şahrida yaşovçi şaxslar A.H. va M.Yo.ga tegişli ekanligi ma'lum böldi.

Aniqlanişiça, Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi, hozirda şaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqaro tomonidan Qozoğiston Respublikasidan kontrabanda yöli bilan olib kelingan uşbu dori vositalari kelgusida Qöqon şahrida sotilişi kerak bölgan.

Şuningdek, DXX Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi xodimlarining içki işlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda Törtköl tumanida ötkazgan tezkor tadbiri davomida “Böston - Qirqqiz” yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan “Neksiya-3” rusumli avtomaşina töxtatilib, tekşirildi.

Avtomaşina közdan keçirilganda unda B.B. va U.S. borligi, avtomobilning old örindiği ostida esa sotiş maqsadida olib ketilayotgan 9 985 dona “Tramadol” dori vositasi borligi aniqlandi.

Ma'lum bölişiça, uşbu dori vositalari qozoğistonlik şaxslar tomonidan Taxtaköpir tumaniga kontrabanda yöli bilan olib ötilgan va avvaldan kelişilgan yaşirin joyga qoldirib ketilgan. 

Körilgan çora-tadbirlar natijasida çegaraoldi hududdagi yaşirin joydan dori vositalarini olib, B.B. va U.S.ga yetkazib bergan mahalliy çöpon T.V. ham öz yaşaş manzilida qölga olindi. 

Bundan taşqari, DXX Navoiy viloyati boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Nurota tumani hududida harakatlanayotgan J.B. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşina töxtatilib, tekşirilganda, avtomaşina salonida 996 dona “Tramadol” dori vositasi borligi aniqlandi va xolislar iştirokida rasmiylaştirib olindi.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 21 981 dona “Tramadol” tabletkasi musodara qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi 878-sonli qaroriga muvofiq “Tramadol” dori vositasi giyohvandlik vositalari röyxatiga kiritilgan.