Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, ispan prokurorlari javob berişi kerak bölgan asosiy savol “sobiq qirol 2014 yilgaça daxlsizlikka ega bölgani ortida jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi yoki mumkinmasligidan” iborat.

“Bu tergov sobiq qirol daxlsizlik immuniteti bilan himoyalanmagan 2014 yil iyundan keyingi uning harakatlari jinoiy ahamiyatini örnatiş yoki ularni inobatga olmaslikka mujassamlanadi”, deyilgan xabarda.

Taxmin qilinişiça, qirol Saudiya Arabistonidan temir yöl qurilişi loyihasi doirasida pora körinişida 100 mln dollar olgan bölişi mumkin. 

Uşbu mablağlar sobiq qirolga u hali immunitetga ega bölgan vaqt - 2008 yilda berilgan bölsa-da, oliy sud prokurorlari uşbu pullardan bir qismi qirol 2014 yil taxtdan voz keçgandan keyin yuvilgan bölişi mumkinligini tekşirişmoqda.

Xuan Karlos taxtdan voz keçiş vaqtida tuzilgan bitimga köra, u Ispaniya oliy sudi qarori bilangina jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.