Davlat soliq qömitasining 30.05.2020 yildagi “Soliq tölovçilar töğrisida hisob ma'lumotlarini yuritiş, bu ma'lumotlarni uçinçi şaxslarga taqdim etiş, şuningdek soliq tölovçilarning ayrim toifalari uçun ma'lumotlar tarkibini şakllantiriş tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi röyxat raqami 3237-son qarori e'lon qilindi.
Norma’ning yozişiça, tartib quyidagilarni belgilaydi:
soliq tölovçi töğrisidagi qaysi hisob ma'lumotlari soliq sirini taşkil etişi;
soliq tölovçilar töğrisidagi ma'lumotlarni uçinçi şaxslarga qanday va qay tarzda taqdim etiş;
ayrim soliq tölovçilar (töğridan-töğri xususiy çet el investitsiyalari iştirokidagi yuridik şaxslar, maxsus iqtisodiy zonalarning (MIZ) iştirokçilari, advokatlar hay'atlari, advokatlik firmalari va byurolari).
Soliq tölovçi töğrisida hisob ma'lumotlari deganda soliq organlariga u tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar, şuningdek SKning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar tuşuniladi.
Yuridik va jismoniy şaxslar, şuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar töğrisidagi hisob ma'lumotlari tarkibi SKning 132-moddasida belgilangan.
Soliq organlariga u tomonidan taqdim etilgan soliq tölovçi töğrisida hisob ma'lumotlari, şuningdek organlar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar Tartib bilan soliq sirini öz içiga olgan va olmagan ma'lumotlarga ajratilgan.
Tartibga muvofiq quyidagi ma'lumotlar soliq siri hisoblanadi:
Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestridan olingan köçirma, bundan soliq siri hisoblanmaydigan ma'lumotlar mustasno;
içki işlar organlaridan olingan pasport ma'lumotlari;
köçmas mulk va yer uçastkasiga bölgan huquqni tasdiqlovçi ma'lumotlar, şuningdek uning egalari töğrisidagi ma'lumotlar;
tabiiy resurslardan foydalaniş bilan boğliq faoliyatni litsenziyalaşni amalga oşiruvçi organlardan olingan litsenziya va ruxsatnomalar töğrisidagi ma'lumotlar;
suv resurslarini hisobga olişni amalga oşiruvçi organlardan olingan ölçov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari töğrisidagi ma'lumotlar;
çet el yuridik şaxslarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan ötkazilganligi töğrisidagi ma'lumotlar;
xalqaro taşkilotlarning hamda çet el NNTning vakolatxonalari reyestrini yurituvçi taşkilotlardan olingan xalqaro taşkilotlar hamda çet el NNT töğrisidagi ma'lumotlar;
vasiylik yoki homiylik faoliyati hamda mol-mulk boşqaruvi töğrisida ma'lumotlar;
notariuslardan olingan köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalari, mol-mulk ijarasi şartnomalari, merosga egalik qiliş şartnomalari haqidagi ma'lumotlar;
patentlar berişni amalga oşiruvçi organlardan olingan çet ellik fuqarolarga yoki fuqaroligi bölmagan şaxslarga işlaş uçun ruxsatnomalar töğrisidagi ma'lumotlar;
Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qoğozlar böyiça bitimlar töğrisidagi axborotlar;
bojxona organlaridan olingan eksport-import operatsiyalari töğrisidagi axborotlar;
Internet milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilovçi organdan olingan domen nomlarining ma'murlari töğrisidagi axborotlar.
Soliq tölovçilar töğrisidagi ma'lumotlarni şakllantiriş soliq tölovçining identifikatsiya raqami (STIR) asosida amalga oşiriladi. Soliq tölovçilar töğrisidagi hisob ma'lumotlari Özbekiston Respublikasi soliq tölovçilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Soliq sirini öz içiga olgan ma'lumotlar oşkor qilinmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Soliq organlariga ma'lumotlar taqdim etuvçi organlar va muassasalar özaro hamkorlikni SKning 133-moddasiga asosan axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda elektron tarzda amalga oşiradilar.
Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga asosan sudlarga hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ularning söroviga asosan soliq sirini taşkil etuvçi ma'lumotlar taqdim etilişi mumkin. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tijorat taşkilotlariga soliq sirini taşkil etuvçi ma'lumotlar faqatgina soliq tölovçilarning roziligi bilan taqdim etilişi mumkin.
Soliq tölovçi kontragentlarni tanlaş çoğida ular töğrisidagi soliq siri hisoblanmaydigan ma'lumotlarni öz şaxsiy kabinetlari orqali olişlari mumkin.
Uçinçi şaxs tomonidan soliq organlaridan olingan barça ma'lumotlar va axborotlar soliq siri hisoblanadi hamda ulardan faqat xizmat doirasida foydalaniladi.
Hujjat 30.05.2020 yildan kuçga kirdi.












