Joriy yilning 9 iyun kuni soat 14:00larda, Toşkent şahar, Olmazor tumani, Tansiqboyev köçasi böylab THAY köçasi tomondan Beşqörğon köçasi tomonga haydovçi K.N. 18-avtosaroyga tegişli bölgan Isuzu rusumli 31-yönalişdagi avtobusni boşqarib ketayotgan bölgan.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, u Qoraqamiş 2/4 mavzesi, “Tansiqboyev” bekati qarşisida bir yönalişda, özidan oldinda harakatlanayotgan haydovçi M.S. boşqaruvida bölgan “Kamaz” rusumli yuk transport vositasining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, Isuzu avtobusi haydovçisi K.N. va uning çipta tarqatuvçisi, fuqaro A.F. tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilişlarini, özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.












