Toşkentdagi Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida 20 nafar va Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 28 nafar bemor soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb ma'lum qildi Soğliqni saqlaş vazirligi.
Şu tariqa, 10 iyun kuni:
- Toşkent şahrida 49 kişi (ular orasida tojikistonlik bir nafar 40 yoşli fuqaro ham bor);
- Navoiy viloyatida 8 kişi;
- Buxoro viloyatida 7 kişi;
- Samarqand viloyatida 6 kişi;
- Namangan viloyatida 3 kişi koronavirusdan foriğ böldi.
Sönggi berilgan ma'lumotga köra, Özbekistonda kamida 4591 kişi koronavirusga çalingan.
Ulardan 3532 nafari tuzalib çiqdi, qurbonlar soni 18 nafarni taşkil etmoqda.













