2019 yilda "Kvars" AJ aksiyalari yana bir bor davlat uluşini (SPO) sotiş uçun fond birjasiga qaytadi, obuna kampaniyasi natijasi esa 101,4% taşkil qiladi.
Tadbir Freedom Finance tomonidan "Toşkent" Respublika fond birjasi bilan birgalikda, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi kömagida, Özbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantiriş agentligining tavsiyalariga binoan taşkil etildi.
"Emitent kuni" koronavirus pandemiyasi tufayli çeklovlar sabab birinçi bor internet orqali onlayn tarzda ötkazildi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978 sonli farmoniga binoan, aksiyadorlarning 2019 yil yakunlari böyiça yillik umumiy yiğilişlari va auditorlik tekşiruvlarini 2020 yil 1 oktyabrgaça, şuningdek, videokonferensaloqa rejimida ötkazişga ruxsat berildi.
Emitentlar kunida zavodning bugungi holati va uning rivojlaniş istiqbollari töğrisida ma'lumot berildi, ma'ruzaçilar şuningdek fond bozoridagi sönggi voqealarni muhokama qildilar va investorlarning savollariga javob berdilar.
"Toşkent" RFB boşqaruvi raisi Bekzod Usmonov kiriş sözi bilan fond bozorini rivojlantirişning hozirgi bosqiçida şaffoflik zarurligini ta'kidladi:
"Bugungi kunda "Kvars" AJ fond bozorida eng faol emitentlardan biri hisoblanadi. Faollik haqida gap ketganda, bu nafaqat qimmatli qoğozlarning birja savdosida iştirok etişini, balki uning aksiyadorlari va investorlari uçun korporativ harakatlarning şaffofligini ta'minlaşni ham anglatadi. Biz hammamiz zavodning qimmatli qoğozlarini ikkita ommaviy taklifini eslaymiz: 2018 yilda IPO va 2019 yilda SPO. Road Show davomida zavod vakillari fond bozori professional iştirokçilari va sarmoyadorlar bilan oçiq tarzda suhbatlaşdilar".
"Kvars" AJ boşqaruvi raisi v.b. Akmal Böriyev yiğilganlarni korxona faoliyati bilan taniştirdi, 2019 yil yakunlari va kelgusi rivojlantiriş rejalari hamda yangi float liniya qurilişi haqida batafsil gapirib berdi:

"Quriliş yakunlanişi va mahsulot işlab çiqarilişi 2020 yil 4-çoragida rejalaştirilgan, şundan keyin sof foyda 2-3 martaga oşişi kutilmoqda. Koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqiroz iqtisodiyotning köp sohalariga ta'sir körsatdi, şişa işlab çiqariş ham bundan mustasno bölmadi. Mahsulotlarning narxi va talabi pasaydi. Karantin logistika tizimida uzilişlarni keltirib çiqardi, bu esa zavod omborida işlab çiqarilgan şişa mahsulotlarining töplanişiga olib keldi. Ammo bu vaziyatda, işlab çiqariş hajmi pasaymadi va işlab çiqariş jarayoni ham töxtamadi. Agar talab pandemiyadan oldingi darajaga qaytsa, mahsulotimiz narxi ham oşadi. Bunga şişa importida imtiyozlarni bekor qiliş va çeklaş yordam berişi mumkin".











