Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Kvars” AJdagi davlat aksiyalari agentlik ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berdi.
Vakolatli organning ma’lum qilişiça, 2023 yil fevralida tuzilgan oldi-sotdi şartnomasiga asosan, “Kvars” AJning 89,78 foiz aksiyalar paketi “Quvasoysement” AJga 265 mlrd sömga, uç yilda bölib-bölib tölaş şarti bilan sotilgan.
Şu munosabat bilan, “Kvars” AJning faoliyati monitoring qilib borilgan va tölov grafiklardagi uzilişlarni oldini oliş maqsadida xaridor – “Quvasoysement” AJ ogohlantirib kelingan.
Ammo xaridor şartnomaviy majburiyatlarini bajarişda qiyinçiliklarga uçragan va oldi-sotdi şartnomani taraflarning özaro kelişuviga köra bekor qiliş böyiça Davaktiv agentligiga murojaat qilgan. Şunga köra, tomonlar 2025 yil 14 fevralda özaro kelişib, oldi-sotdi şartnomasini bekor qilgan va “Kvars” kuzatuv kengaşi tarkibi qayta körib çiqilib, unga Davaktiv vakillari kiritilgan.
“Ta’kidlaş joizki, jamiyatning 89,78 foiz aksiyalar paketi davlat ixtiyoriga qaytarilişi oldi-sotdi şartnomasi şartlari töliq bajarilmaganligi natijasida yuz bergan va şartnomaviy-huquqiy munosabatlar doirasida amalga oşirilgan bölib, uşbu holat xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqiş yoxud milliylaştiriş hisoblanmaydi”, – deyiladi agentlik bayonotida.
Qöşimça qilinişiça, bugungi kunda “Kvars” AJni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlanib, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Ma’lumot uçun, 1975 yildan buyon faoliyat körsatib kelayotgan “Kvars” – Markaziy Osiyoda şişa idişlar, avtosanoat uçun oynalar va boşqa qator turdagi şişa mahsulotlar işlab çiqaruvçi Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod hisoblanadi.
Zavod xususiylaştirilmasidan oldingi yillarda foyda körib işlagan: 2021 yilda sof foydasi 54,7 mlrd söm, 2022 yilda 64,3 mlrd sömni taşkil etgan.
2023 yil fevralidagi xususiylaştirişdan keyin, kompaniya öşa yilni 21,7 mlrd söm, 2024 yilni esa 142 mlrd

















