Özbekistonda yarim asrdan beri şişa sanoatida yetakçi bölib kelayotgan Kvars zavodi qum donaçalaridan xalqaro standartlarga javob beradigan mustahkam şişa bankalar va butilkalar işlab çiqaradi. Uşbu videoda biz sizni şişaning “tuğilişi”dan tortib sifat sinovlarigaça bölgan jarayon bilan taniştiramiz.

Şişa — insoniyat yaratgan eng noyob materiallardan biri. U yoruğlikni ötkazadi, ta’mlarni özgartirmaydi va tabiatga yana qaytadi. Farğonadagi Kvars zavodi esa bu möjizani 50 yildan beri işlab çiqarib, mamlakat şişa sanoatida yetakçilikni saqlab kelmoqda.

Oddiy bir şişa bankaning hayoti qumdan boşlanişini tasavvur qila olasizmi? Qumga soda va ohaktoş qöşilib, 1500 °C haroratda eritiladi va suyuq şişaga aylanadi. Maxsus maşinalar esa uni puflab, banka yoki butilkaga şakl beradi. Keyin esa uzun sovitiş peçidan ötib, mustahkam va xavfsiz idişga aylanadi.

Har bir mahsulot zavodda bir neça bor sinovdan ötkaziladi. Kiçik bir nuqson aniqlansa ham u qayta işlanib yangi şişaga aylantiriladi. Şu bois Kvars mahsulotlari xalqaro standartlarga töliq javob beradi.

Bugun bu zavodda işlab çiqarilgan bankalar va butilkalar nafaqat Özbekistonda, balki çet el bozorlarida ham katta talabga ega. Olingan mukofotlar va sertifikatlar esa uning mintaqadagi yetakçi işlab çiqaruvçi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

 
Telefon:+998 93 484 57 70

Web-page|Telegram|