Jazavaga tuşgan ayollarni videoga olayotgani taxmin qilingan erkak voqea joyiga qiziqib kelganlarga aralaşmaslikni va yerda yotgan ayolning bir neça oilalarni buzayotganini ta'kidlaydi. Ayollar yerda yotgan ayolni kaltaklaş bilan birga uning soçlarini ham kesib taşlaydilar. 

Atrofdagilarning sözlariga köra, katta ehtimol bilan janjal sababi ayolning yengiltakligi va raşk ekanligi ma'lum böladi. Kaltaklovçilarning harakatlaridan ham buni seziş mumkin.Ammo bu fakt hozirça rasman tasdiqlanmagan.

Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şohruh Ğiyosov Kun.uz muxbiriga mazkur holat böyiça ma'lumot berdi: – Voqeaning barça iştirokçilari aniqlandi va qölga olindi. Voqea böyiça tezkor suriştiruv işlari boşlangan. Kaltaklangan ayolning ahvoli nisbatan qoniqarli, jarohatlari tibbiy ekspertizadan ötkazilmoqda. Ekspertiza xulosasiga köra voqeaning barça iştirokçilari harakatlariga nisbatan huquqiy baho beriladi, ya'ni ularning jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilişi masalasi köriladi, – dedi Ş.Ğiyosov.