Bundan taşqari, 1 avgustdan utilizatsiya yiğimi stavkalari va utilizatsiya yiğimi tölanadigan ğildirakli transport vositalari röyxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini «erkin muomalaga çiqariş» (import) bojxona rejimida rasmiylaştiradigan jismoniy va yuridik şaxslar yoki Özbekiston hududida sotiladigan ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalarini işlab çiqaradigan (yiğadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik şaxslar utilizatsiya yiğimi tölovçilari hisoblanadi.

Import maşinaga aksiz soliğining bekor qilinişi va utilizatsiya yiğimining paydo bölişi narx-navoga qanday ta'sir etadi? Avtomobil bozorida qanday özgarişlar kutilmoqda? Bir neça markadagi xorijiy avtomobillarni import qiluvçi Roodell kompaniyasi boş direktori Doniyor Davletyarov bilan suhbatda şu haqda söz borgan.

«Özbekistonda import qilinuvçi maşinalar bir neçta turlarga ajratilgan. Masalan, yengil va yengil tijoriy turdagi avtomobillarni import qiliş uçun qanday tölovlar joriy etilgani haqida gaplaşsak, Rossiya, Qozoğiston, Belorus va Ukrainada işlab çiqarilgan maşinalarni import qilişda davlat boj tölovi nolga, aksiz soliği esa 2 foizga teng.

Importdagi aksiz soliğining bekor qilinişi ularga katta ta'sir qilmaydi. Boşqa davlatlarda işlab çiqarilgan maşinalarning importi uçun 30 foiz davlat boji örnatilgan. Bundan taşqari, motor kuçining har bir sm/kub uçun haq tölanadi. Bunga aksiz soliği ham hisoblangan: u ham dvigatel hajmiga qarab tölanadi. Import maşinalar tölovining 60 foizini davlat boji taşkil etadi, aksiz soliği esa 30-40 foizga tenglaşadi. Bundan taşqari, alohida şaklda QQS tölanadi. Şunda, RF, Qozoğiston va Ukrainada işlab çiqarilgan maşina bölmasa, aksiz soliği bekor qilingani tufayli narxdan 30 foizga kamayişi mumkin», – deydi u.

Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va MDHdagi boşqa mamlakatlarda işlab çiqarilgan avtomobilning işlab çiqarilganligi ST-1 sertifikati bilan tasdiqlanmasa, ulardan boj tölovi undiriladi.