Samarqand viloyatida 9 nafar va Navoiy viloyatida 17 nafar, jami 26 nafar bemor soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Şu vaqtgaça Samarqandda jami 383 holatda kasallik qayd etilib, 327 nafari soğaygan bölsa, endilikda infeksiyadan foriğ bölganlar soni 336 nafarga yetdi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga çalingan 45 nafar bemor davolanmoqda.
Navoiy viloyatida bugun 17 nafar bemor soğayib (şundan 13 nafari Zarafşon tuman tibbiyot birlaşmasida), tuzalganlar soni 167 nafarga yetdi. Hozirda viloyatda 93 nafar bemor uşbu infeksiyaga qarşi şifo olmoqda. Şu kunlarda uşbu bemorlarni davolaşda viloyatdagi mahalliy şifokorlarga Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yuborilgan bir guruh mutaxassislar ham yaqindan yordam berişmoqda.
Bundan avvalroq Toşkent şahridagi 4ta tibbiyot muassasida jami 79 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Bugun jami 105 bemor soğayib çiqdi, hozirga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 3637 nafarga yetdi.
11 iyun holatiga köra, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga çaliniş holatlari soni 4717tani taşkil etmoqda.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 1061 nafar bemor davolanmoqda.












