«Juda yaxshi fikr. Taklifingizni qonun loyihasi ustida ishlayotgan ekspertlarga yetkazamiz, ular bilan birga bu masalani atroflicha muhokama qilamiz.

Bir marta korrupsiyaga aralashgan ikkinchi marta davlat xizmatida xizmat qilmasligi kerak. Chunki uning qayta shu jinoyatga qo‘l urishi ehtimoli bor.

Basharti u kechirilgan taqdirda ham ishga qayta olinmasligi kerak, faqat korrupsiyada ayblangan, biroq sud tomonidan oqlangan shaxslar bundan mustavno, ular davlat xizmatiga qaytishi, avvalgi ishiga tiklanishi mumkin. Milliy qonunchiligimizda ham shu norma bor», deya Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Yangi qonun loyihasi davlat xizmatchilari orasida korrupsiyani tag-tugi bilan yo‘q qilishga qaratilgan» – Svetlana Ortiqova

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasida nima uchun mansabdorlarga istisnolar belgilanganiga izoh berildi

Hokimlar davlat xizmatchilariga nisbatan ko‘zda tutilgan majburiyatlardan tashqarida qolishadimi? Vazir o‘rinbosari izoh berdi