Jahon | 00:51 / 13.06.2020
11763
2 daqiqa o‘qiladi

Pekindagi yirik ulgurji bozorlardan birida koronavirus aniqlandi

Pekinda payshanba kuni oxirgi 56 kun davomidagi COVID-19ga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat aniqlangan. Keyingi vaqtda poytaxtdan hech qayerga chiqmagan 52 yoshli erkakda koronavirus qayd etilgan.

Foto: AP /BRUCE SCHREINER

Pekindagi "Sinfadi" yirik ulgurji bozoridagi losos baliqlarini bo‘laklarga bo‘lish uchun mo‘ljallangan taxtakachda koronavirus aniqlandi, deb xabar berdi "Sinszinbao" gazetasi bozor boshqaruvchisiga asoslanib.

Pekinda payshanba kuni oxirgi 56 kun davomidagi COVID-19ga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat aniqlangan. Keyingi vaqtda poytaxtdan hech qayerga chiqmagan 52 yoshli erkakda koronavirus qayd etilgan.

Juma kuni yana ikkita holat aniqlangani haqida xabar qilindi. Xitoy go‘sht mahsulotlarini tadqiq qilish markazida ishlaydigan 25 va 37 yoshli ikki erkak koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘lgan. Shundan so‘ng shahar hokimiyati epidemiologik surishtiruv va tekshiruvlar o‘tkazishni boshladi.

"Ichki surishtiruvlar natijasida losos balig‘i "Tszinshen" dengiz mahsulotlari bozoridan keltirilganligi aniqlandi", — deya iqtibos keltirmoqda gazeta "Sinfadi" bozori rahbaridan.

Shu bilan birga, mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shtlari, meva-sabzavotlar turgan buyumlardan virus topilmagan.

Bozordagi go‘sht mahsulotlari rastalari yopilgan. 

Xabar qilinishicha, "Tszinshen" dengiz mahsulotlari bozori faoliyati to‘xtatilgan.

Mavzuga oid