Ukraina NATOning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega hamkoriga aylandi, deb xabar qildi mamlakat taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba.

«Öşa kun keldi. Men alyansdagi hamkorlarimizdan çeksiz minnatdorman, ular tufayli bu qaror amalga oşdi», — deb yozdi u tvitterida.

Ukraina NATOning dastur va maşğulotlarida qatnaşiş uçun kengroq imkoniyatlarga ega böladi, deyiladi alyans bayonotida. 

ZN.ua naşrining qayd etişiça, kengaytirilgan imkoniyatlar hamkorligi NATOga a'zo böliş istiqbolini közda tutmaydi.  

NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar dasturi 2014 yilda yölga qöyilgan. Uning maqsadi — hamkor mamlakatlar qurolli kuçlarining alyans qöşinlari bilan operativ muvofiqligini kuçaytiriş. Ukrainadan taşqari, Avstraliya, Gruziya, Iordaniya, Finlyandiya va Şvetsiya NATOning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega hamkori hisoblanadi.