2020 yilning ötgan 5 oyi davomida respublika böyiça 9465ta oilaviy ajrim qayd etilgan. Bu borada eng salbiy körsatkiçlar Toşkent şahri (29,6 foiz), Sirdaryo (25,5 foiz), Navoiy (22,9 foiz), Andijon (21,2 foiz), Toşkent (20,2 foiz) viloyatlariga töğri keladi.

Bu haqda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Elmira Bositxonova ma'lum qildi. 

Bositxonovaning ma'lumot berişiça, hozirda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni 13 ming 188tani, noqonuniy nikoh asosida yaşayotganlar 8996tani, erta nikoh holati 6tani taşkil qilmoqda. 

“Ajrimlar natijasida joriy yilning özida respublika böyiça 11 ming nafardan ortiq voyaga yetmagan bola ota yoki ona mehridan mahrum bölgan.

Oilaviy ajrimlarning 50-60 foizi oilaviy kelişmovçilik, qolgani farzandsizlik, uzoq muddat bir oila bölib yaşamaslik, xiyonat, içkilik va giyohvandlikka ruju qöyiş sababli kelib çiqmoqda”, dedi u “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etiş böyiça ötkazilgan videoselektorda.

Ma'lum qilinişiça, respublika böyiça qayd etilgan nizoli oilalar soni 12 ming 931tani taşkil etib, hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Xorazm (4035ta), Farğona (1571ta), Samarqand (1454ta) viloyatlariga töğri keladi. 

“Ta'lim muassasalari bilan jamoatçilik vakillarining hamkorligi samarali taşkil etilmaganligi oqibatida Buxoro viloyatida 3ta, Sirdaryo viloyatida 2ta, Qaşqadaryo viloyatida 1ta holatda nikoh yoşi qisqartirilgan.

Joylarda notinç, ajrim yoqasidagi oilalar bilan manzilli işlar yölga qöyilgan bölsa-da, oilalar yaraştirilgandan keyingi holatni monitoring qiliş, keyinçalik yaxşi yaşab ketişini nazoratga oliş va qöllab-quvvatlaş işlari qoniqarsiz”, deya ta'kidladi Elmira Bositxonova.