
Ma'lum qilinişiça, har bir oliy ta'lim muassasasi kasbiy-ijodiy imtihonlar ötkaziladigan abituriyentlar sonidan kelib çiqqan holda özi belgilaydi.
«Test imtihonlariga qöşimça tarzda ötkaziladigan kasbiy-ijodiy imtihonlarni ötkazişni 28 iyulgaça yakunlaş taklif qilinmoqda. Çunki ularning ma'lumotlari test natijalari bilan qöşilişi kerak.
Faqat kasbiy-ijodiy könaliş böyiça imtihon topşiradiganlar (test mavjud bölmagan) yönalişlar uçun imtihonlar 25 iyuldan 20 avgustgaça davom etadi.
Ijodiy imtihon topşiradigan abituriyentlardan hujjat topşirişda öz telefon raqamlari va manzil haqidagi ma'lumotlarni aniq körsatişlarini söraymiz. Çunki imtihon sanalari haqida ular bilan boğlangan holda ma'lumot yetkaziladi. Şuningdek, abituriyentlarning özlari ham oliy öquv yurti veb-saytini kuzatib borişlari kerak böladi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, ijodiy imtihonlarning qabul komissiyalari tarkibini şakllantiriş böyiça talab kuçaytirilmoqda. Xususan, komissiya tarkibiga nafaqat pedagog mutaxassislar, balki şu ijodiy sohaning vakillari, ijodkorlar va sohaga oid taşkilotlardan vakillar jalb etiladi.
«Kasbiy-ijodiy imtihonlarni ötkaziş jarayonlari töliq suratga olinadi. Suratga olingan material saqlanadi, apellyatsiya masalasi yuzaga kelgan holda ulardan foydalaniladi», deya ta'kidladi Inomjon Majidov.

















