«Afsuski, köpçilik rektorlarning oyoği yerdan uzilgan. Yotoqxonaga boriş yöq, talabalar turgan kvartiralarga boriş umuman yöq. Birorta rektor ma'naviyat böyiça namuna böla olmaydi, dars ham ötmaydi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining yangi rahbari - vazir Abduqodir Toşqulovga köplab vazifalar yuklatilganini aytib ötgan.

«Men Abduqodir Toşqulovni vazir qilib olib keldim. Çunki sinovdan ötgan, qişloq muhitini juda yaxşi biladi, ilm va ma'naviyatning qadriga yetadi.

Oldingi vazir aravani tortmadi. Toşqulov endi tinimsiz işlaydi, uning talabiga javob bera olmaganlar işdan ketadi», degan Şavkat Mirziyoyev.

  • Eslatib ötamiz, 14 yanvar kuni 2017 yildan buyon oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimida işlab kelgan Inomjon Majidov iste'foga çiqarilib, uning örniga 2017 yildan buyon Termiz davlat universiteti rektori sifatida işlab kelgan Abduqodir Toşqulov yangi vazir etib tayinlangandi. Inomjon Majidov Özbekiston Milliy universitetiga rektor böldi, ÖzMUning avvalgi rektori Avazjon Marahimov esa Toşqulov örniga Termizga işga yuborilgan.