Toşkent şahrida joylaşgan Versal restorani binosi auksioni yakunlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, restoran binosi 35,33 mlrd. sömga sotilgan. Auksion ğolibi DIAMOND DRINKS CO MÇJ ekani aytiladi. 

Avvalroq, Toşkentdagi Versal restorani sotuvga qöyilgandi. 

Auksion 2020 yilning 15 iyun kuni ötkazildi. Baholangan narxi - 34 641 811 737.00, zakalat puli miqdori (5 foiz) - 1 732 090 586.85.

Restoran umumiy maydoni 0,3357 ga.ni egallagan, şu jumladan quriliş maydoni (kv.m) - 6585. Faoliyat turi - töyxona, restoran, xizmat körsatiş.

Uşbu xizmat körsatiş obekti Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga qaraşli sanaladi.