Andijonda fuqaro Alijon Abdukarimov içki işlar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganidan söng vafot etgani haqidagi xabar jamoatçilik orasida jiddiy norozilikka sabab bölmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Qodir Jörayev va Rasul Kuşerbayevlar uşbu vaziyat böyiça öz fikrlarini bildirdi.

Qodir Jörayevning sözlariga köra, Andijonda içki işlar organlari bilan boğliq yuz bergan mudhiş holat takrorlanmasligi uçun aybdorlarni javobgarlikka tortişning özigina kifoya qilmaydi.
“Jazolaş bilan heç narsaga erişib bölmaydi. Ozgina vaqtdan söng şu kabi vahşiylik boşqa joyda yana sodir etilmasligiga kafolat yöq. Şu bois, içki işlar organlarida tizimli islohotlar, yangilanişlar amalga oşirilişi zarur. Işni xodimlarni attestatsiyadan ötkazişdan, ularning sonini optimizatsiya qilişdan boşlaş maqsadga muvofiq.
Içki işlar vazirligi rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir oğiz keçirim sörab qöyişsa yaxşi bölardi”, - deydi Q. Jörayev.
Öz navbatida, Rasul Kuşerbayevning bildirişiça, har bir tizimdagi kamçilik yoki yutuq bevosita uşbu sohaga rahbarlik qilayotgan şaxslarning qobiliyati, xalqqa sadoqat, inson huquqlarini himoya qiliş yölida işni taşkil qila olişiga boğliq.

“Afsuski jamoatçilikka ma'lum bölib qolayotgan sönggi voqealar (aslida bundan ham köp bölişi mumkin) içki işlar tizimiga rahbarlik qilib kelayotgan şaxslarning faoliyatiga bölgan yondaşuvni qayta körib çiqişni taqozo etmoqda. Hozirgi vazirimizni xalqparvar, deb eşitganman. Ammo bölib ötgan holatlar ularning iste'fo vaqti yetib kelganini körsatyapti.
Hurmatli vazirimiz xalq oldida tizimning obrösi tuşişi, odamlarning e'tirozlari, xodimlarning bosar-tusarini bilmay IIBda qiynoq, öldiriş kabi işlarni “tabiiy holga aylanib” borişida eng minimal darajada bölsin aybdor. Va biz bu kabi işlarni ularning rahbarlik davrida köproq eşityapmiz.








