«Nurafşon şahri hokimi Qahramon Hakimov tuğilgan sana – 15 iyun kuni şahar madaniyat bölimi vakillari hamda boşqa mahalliy xonandalar qöşiq ijro etib, rahbarga berişgan. Mazkur qöşiqqa şahar hokimligi axborot xizmati va madaniyat bölimi birgalikda hududda turli davrlarda amalga oşirilayotgan işlarga oid videolavhalarni qöşib, rolik şaklida Nurafşon şahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanalida e'lon qilişgan.
Heç kim bilan maslahatlaşmay, rahbarga xuş yoqiş istagida tayyorlangan, şaxsga siğiniş alomatlari yaqqol sezilib turgan bunday qöşiqni ijro etgan, rolik tayyorlagan va çop etgan «ijodiy jamoa» tegişli tartibda ogohlantirildi. Vaziyat keng miqyosda muhokama qilina boşlangaç, davlat xizmatçisi şa'niga, nufuziga töğri kelmaydigan iş qilganini anglagan şahar madaniyat bölimi, axborot xizmati rahbari işdan böşaş haqida ariza yozdi.
Ayni paytda mehnat qonunçiligida belgilangan tartibda, karantin davri uçun Respublika komissiyasi e'lon qilgan me'yorlardan kelib çiqib, bu xodimlar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş yoki boşqa intizomiy jazo belgilaş böyiça yakuniy qarorga kelinmoqda.
Alohida ta'kidlaymizki, Nurafşon şahri hokimi Qahramon Hakimovning bunday ijodkorona «tuhfa» tayyorlanayotganidan xabari bölmagan. Faqat tavallud topgan kunida rolikni tayyorlagan jamoa uning oldiga kirib körsatişgan. Qahramon Hakimov ularga e'tibor uçun minnatdorlik bildirib, bunday işlar bilan şuğullanmaslikni, materialni biron joyda çop etmaslikni söragan.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda qöşiq yaratiş va unga klip suratga oliş ğoyasi muallifi Fotima Töxtanazarova ekani aytilgan. Bu haqiqatga töğri kelmaydi. Bunday tartibda tabriklaş fikri dastlab şahar madaniyat bölimi rahbari Bobur Abduqodirov tomonidan bildirilgan, şoir Ma'murjon Bozoraliyev söz yozib bergan, axborot xizmati rahbari Ravşan Mirzaqulov turli davrlarda olingan arxiv kadrlarni qöşib klip suratga olgan. Qöyingçi, bir guruh faollar yaxşi niyatda, bajarayotgan işlari san'at nuqtayi nazaridan, şuningdek, axborot siyosati, etikaga köra, mutlaqo notöğri ekanini çuqur anglamasdan şu işga qöl urişgan», deyiladi hokimlik
«Menga şu kerakmidi?» – Nurafşon hokimi internetda tarqalgan klip yuzasidan munosabat bildirdi
Toşkent viloyati hokimligi Nurafşon şahri hokimiga bağişlab kuylangan qöşiq yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma'lum qilinişiça, uşbu rolikni tayyorlaşda iştirok etganlar ogohlantirilgan, şahar madaniyat bölimi, axborot xizmati rahbari işdan böşaş haqida ariza yozgan.










