Xitoyning Çunsin şahridagi osmonöpar binolar majmuasi Raffles City Çongqinğda yangi diqqatga sazovor joy – Crystal deb nomlangan “gorizontal osmonöpar bino” majmuasi oçildi. Gorizontal joylaşgan inşootni 250 metr balandlikda 4 ta minora uşlab turadi. 

Ta'kidlaş joiz, uşbu inşoot Singapurdagi uçta osmonöpar bino ustida turuvçi, kema körinişidagi maşhur Marina Bay Sands mehmonxonasiga öxşaş.

Foto: CNN

Inşootning uzunligi 300 metrni, oğirligi 12 ming tonnani taşkil qiladi. Minoradagi liftlar taşrif buyuruvçilarni Crystal’ga 50 soniyada yetkazadi.

Inşootda mustamlaka qilingan Marsdagi kelajak hayotga bağişlangan körgazma paviloni hamda oynavand polli tomoşa maydonçasi joylaşgan.

Aynan tomoşa maydonçasi öziga köplab sayyohlarni jalb qiladi. Undan butun şaharga va Yanszi hamda Tszyalin daryolariga çiroyli manzara oçiladi. 

Ta'kidlanişiça, köplab taşrif buyuruvçilar şişa polli maydonçada turib boş aylanişni his qiladilar. Ba'zilar uçun esa bunday poldan 2-3 metr yuriş ham haqiqiy muammo hisoblanadi.

Ma'lum qilinişiça, yaqin orada Crystal’da suv havzalari, restoranlar va barlarga ega xususiy klub oçiladi.