Bundan buyon karantin oqşomlari ham zerikarli bölmaydi - televizorlarimizga Angliya çempionati qaytmoqda. Çempionlik masalasi deyarli hal bölgan bölsada, bir qator sabablar, savollar baribir bizni qiziqarli uçraşuvlar qarşisiga mixlaydi.
Foto AFPFoto AFP
30 yil kutilgan sovrin
«Qizillar»ning çempionligi faqat vaqt masalasi, mersisaydliklar qolgan 9 öyinda kerakli 6 oçkoni olişiga heç kim şubha qilmaydi. Ammo pandemiya tufayli, «Liverpul» 30 yillik kutilgan katta voqeani köngildagidek nişonlay olmasligi vaziyatga soya solib turibdi, xolos. Yurgen Kloppning aytişiça, muhimi sovrinni qölga kiritiş va agar vaziyat yaxşi tomonga özgarsa, hatto yil oxirida ham bayram tantanalarini taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.
Şu bilan birga, «Liverpul» APL tarixidagi çempionlar içida bir qator körsatkiçlar bilan rekordlar qöyişi mumkin. Masalan, 2017/18 yilgi mavsumda «Mançester Siti» 100 oçko jamğarib, APL rekordini örnatgandi. Hozirda 82 oçkoga ega bölib turgan liverpulliklar nazariy tomondan köproq oçko jamğariş imkoniyatiga ega bölib turibdi. Şuningdek, öşanda «Siti» 2-örindagi jamoadan 19 oçko köp jamğargandi. Bir öyin köproq öynagan holda, ta'qibçisidan 25 oçko ilgarilab ketgan «Liverpul» bu rekordni ham öziniki qilişi mumkin. Bundan taşqari, agar keyingi 2 turda «Liverpul» ğalaba qozonsa, mavsum yakuniga 7 tur qolganida APL çempioniga aylanişi mumkin. Bu borada rekord Mançester klublariga tegişli – ikki klub ham rekord natijasini mavsum yakuniga 5 tur qolganida qayd etgan.
Qiziği, «Liverpul» rasman mart oyida çempionlikni nişonlaşi mumkin edi va eng erta aniqlangan ğolib sifatida tarixga kirişi ehtimoli katta edi. Endi esa, «Liverpul» APLning eng keçki çempioniga aylanadi.
Darvoqe, «Liverpul» «Everton» va «Kristal Pelas» klublariga qarşi öyinlardan söng, «Etihad» stadioniga safar qiladi. Agar Klopp şogirdlari yuqoridagi ikki öyinda ğalaba qozonsa, yoki «Mançester Siti» ham oçko yöqotadigan bölsa, «Etihad»dagi öyinga çempion sifatida taşrif buyuradi. «Şaharliklar» şunday holat bölganda raqib uçun «çempionlik yölagi» taşkil qilib berişlarini ma'lum qilişdi.
Tomoşabinlarsiz
«Liverpul» stadioni. Foto AFP
Futbolni soğingan muxlislar uçun Bundesliganing ertaroq boşlanişi yupanç bölgandi, lekin bir qança ötmay, köngil soviy boşladi - öyinlar oddiy maşğulotlardek ötar, televizordagi futbol qandaydir avvalgi emotsiyalarni taqdim etmasdi. Nimayam qilardik, könişga majbur böldik.
Lekin ötgan hafta boşlangan La Liga aslida «tovarni çiroyliroq qilib uzatiş» mumkinligini namoyiş etib berdi. Tribunalarda muxlislarni körsatib turadigan alohida texnik dastur, tomoşabinga muxlislarning ovozini beradigan interşum, töğri, haqiqiy bölmasa-da, futbol jozibasini oşirdi. Bir paytlar EA Spors öz simulyatorlarida foydalaniş uçun jonli futboldan ovozlarni olgan bölsa, endi aksinça, futbolni jonlantiriş uçun EA Spors’ga murojaat qilinmoqda.
Mavzuga oid
Har jabhada ilğorlikni namoyiş qiladigan APL bu borada qanday yöl tutişi ham juda qiziq. Öyinning kartinasiga va «mahsulot öraladigan qoğoz»ga qattiq e'tibor beradigan inglizlar Germaniya emas, köproq Ispaniya yölidan borişlarini kutsa böladi. Tribunadagi muxlislar esa, maxsus dastur yordamida emas, karton muxlislar bilan töldirilayotgani haqida ham xabarlar bor.
Şuningdek, ilk öyinda «Mançester Yunayted»ni qabul qiladigan «Tottenhem» stadionning özida ham muxlislar ovozidan foydalanmoqçi ekani, Zoom dasturi orqali fanatlar «Tottenhem»ga yordam berişlari uçun şaroit yaratilayotgani haqida ham aytilmoqda. Köramiz.
Joze Mourino uçun imkoniyat
Bizni yana Çempionlar Ligasi örinlari uçun qizğin kuraş kutib turibdi va tanaffus aynan «Tottenhem»ga qöl kelsa ajab emas. Gap faqat uzoq muddatga safdan çiqqan Harri Keyn va Son Heun Minning qaytişida ham emas. Bu ham yaxşi, ammo bugungi şaroitda Joze özini «baliqdek his qiladi».
U heç qaçon dinamikasi yuqori bölgan futbol namoyiş qilişda usta bölmagan - kamida sönggi yillarda. Esingizda bölsa, «Mançester Yunayted» APLda örtaça eng kam yuguradigan körsatkiçni qayd etgandi. «Tottenhem» ham uning qöliga tuşib, pressing qilişni unutib yuborgani ham ma'lum.
Sönggi yillarda Mourino raqibning ustunliklarini yöqqa çiqariş emas, aksinça, raqibning kamçiliklaridan foydalanib qolişda muvaffaqiyat qozona boşladi. «MYu» bilan bir qator top-öyinlar, «Tottenhem» bilan «Liverpul» va «Siti» ustidan qozonilgan ğalabalarni eslang...
Koronavirusdan keyin esa, darhol intensiv futbol boşlanib ketmaydi. Jamoalar sport formada emas, buning ustiga bugungi yiğinlar ham biz örganib qolgan yozgi mavsumoldi maşğulotlardan farq qiladi. Ya'ni, jamoalarni jismonan kuçli, tezkor, yuqori sport formada körmaymiz boşida. Bu paytda jamoalar tarkibidagi saviyali futbolçilar köp narsani hal qiladilar. Klass öz sözini aytadi va...
Va Mourinoning ustunligi - raqibning kamçiliklarini baholab, ulardan foydalangan holda natijaga erişiş asosiy qurolga aylanadi. Kamçilik esa, hammada böladi, ayniqsa, bu şaroitda...
Fernandeş va Pogba
Ayniqsa, «Mançester Yunayted» muxlislari bu juftlikning maydondagi harakatlarini körişga oşiqayotganliklari şubhasiz.
Pogba - Mançesterning asosiy yulduzi, şu bilan birga muvaffaqiyatsizliklari timsoli bölib keldi, göyoki futbolçining «Old Trafford»dagi kunlari sanoqli qolgandi. Ammo birgina Fernandeşning transferi vaziyatni özgartirib yubordi, «Mançester Yunayted» Pogbasiz ham mazmunli, kreativ futbol namoyiş etişni boşladi. Bu esa, ikki xil farazni örtaga taşlamoqda - yo endi «Yunayted» Pogbani osonlik bilan qöyib yuboradi yoki jamoada paydo bölgan ijobiy muhit fransiyalik futbolçining ketiş haqidagi fikrlarini özgartiradi. Buning ustiga, bugungi krizis şaroitida Pogba uçun katta pul taklif qiladigan klub topilmasligi ham mumkin.
Fernandeş «MYu»ga şu qadar moslaşib ketdiki, barça musobaqalarda atigi 9 öyinda maydonga tuşib, 5tasida öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi va jamoa futbolçilari içida bu borada birinçi öringa çiqib oldi. APLda atigi 5 öyinda qatnaşganiga qaramay, VVS uni mavsumning ramziy terma jamoasiga kiritdi - tarkibda «Liverpul»ning 7 nafar futbolçisi joy olganiga e'tibor berilsa, bu katta e'tirof.
Xullas, mana şu ikki kuçning birlaşişi yozning eng qiziq intrigalaridan biri va balki «Mançester Yunayted»ning keyingi mavsumdagi strategiyasini ham belgilab beradi.
Quyida nima gaplar?
Ligada öz örnini saqlab qoliş uçun kuraş ham qizğin keçişi kutilyapti. «Norviç» biroz orqada, qolgan ikki omadsiz örin esa, 5 jamoaga xavf solib turibdi. Bu jamoalar içida aslida yevrokuboklar uçun kuraşişni maqsad qiladigan va şunga mos tarkib yiqqan «Vest Hem» va «Uotford»larning borligi kuraşni yanada qizitib yuborsa kerak. Şuningdek, «Brayton», «Bornmut» va «Aston Villa» ham şu guruhda: 15-örindagi «Brayton»ni 18-örindan atigi 2 oçko ajratib turibdi, xolos.
Qiziği, sanab ötilgan 5 jamoa örtasidagi özaro öyinlar deyarli yöq, ya'ni kuraş asosan sirtdan keçadi. Mavsum oxirigaça, faqat sönggi turlarda «Vest Hem» «Uotford» va «Aston Villa» bilan röbaru keladi, xolos. Aynan öşa öyinlar ham vaziyatni hal qilişi ehtimoli katta.
Yana rekordlar
APLning davom ettirilişi bizga yana bir qator e'tiborli rekordlarni taqdim etişi kutilmoqda.
- Kevin De Bryuyne bir mavsumdagi assistlar böyiça Terri Anrining körsatkiçidan özib ketişi mumkin. Fransiyalik hujumçi 17 yil oldin bir mavsumda 20 marta golli uzatmani amalga oşirgandi. Kevinda hozirça 16ta va qolgan 9 turda bemalol yaxşiroq natijaga erişişi mumkin.
- «Arsenal» va «Vulverhempton» şu kungaça 13tadan durang qayd etişgan va agar qolgan turlarda yana 5tadan durang hisobga erişilsa, «Nyukasl», «Aston Villa» va «Sanderlend» klublariga tegişli bölgan rekord yangilanadi . Bu jamoalar öz vaqtida bir mavsumda 17 öyinni ğolibsiz yakunlaşgan.
- «Norviç» uşbu mavsumda safar öyinlarida juda yomon öyin körsatmoqda va «Karrou Roud» taşqarisidagi 15 öyinda atigi 6 gol urişgan. Agar keyingi 4ta safar öyinida ham şunday öynaşda davom etilsa, «Midlsbro», «Sauthempton», «Şeffild» va «Derbi»ning rekordi yangilanadi. Bu jamoalar safarda 8 gol bilan kifoyalangan edi. Raqiblar anoyi emas - «Arsenal», «Çelsi», «Mançester Siti» va «Uotford».
- Ötgan mavsumda «Liverpul» himoyaçisi Trent Aleksander-Arnold himoyaçilar içida assistlar böyiça rekord örnatgandi - 12. Futbolçi öz rekordini yangilaş yölida bormoqda va allaqaçon yana şunça assistni bajardi. Keyingi bir golli uzatma yangi rekord deganidir.
Taqvim
Angliyada bugun, 17 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00da «Aston Villa» - «Şeffild» öyini bilan çempionat tiklanadi. Keçroq, 18 iyunga ötar keçasi, soat 00:15da esa, «Mançester Siti» «Arsenal»ni qabul qiladi. Bu ikki öyin qoldirilgan uçraşuvlar bölib, juma oqşomida ikki uçraşuv bilan tölaqonli turga start beriladi.
Şuningdek, Angliya kubogi musobaqalari ham çorak finalda töxtab qolgandi. 27-28 iyun kunlari uşbu sovrin uçun ham APLning 8 jamoasi kuraşni davom ettiradi. Ilk kunda «Norviç» öz maydonida «Mançester Yunayted»ni qabul qilsa, ertasiga «Şeffild» - «Arsenal», «Lester» - «Çelsi», «Nyukasl» - «Mançester Siti» juftliklari yarim final uçun bahsga kirişadi. Yarim final öyinlari sanasi ma'lum emas.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi