Xususan, lombard boşqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodga qöyiladigan talablar kengaytirildi.
Norma’ning yozişiça, endi iqtisodiy oliy ma'lumotdan va bank-moliya sohasida 2 yildan kam bölmagan iş tajribasidan taşqari, benuqson işçanlik obrösiga ham ega böliş lozim. Tuzatişlarda nazarda tutilgan yagona mezon - sudlanganlik holati bölmasligi kerak.
Iqtisodiyot sohasidagi yoki boşqaruv tartibiga qarşi jinoyat uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib taşlanmagan şaxslar benuqson işçanlik obrösiga ega emas deb topiladi. Şunday qilib, quyidagi nomzod öta oladi, agar:
avval iqtisodiyot sohasidagi (JKning 164 – 192-11-m.) yoki boşqaruv tartibiga qarşi (JKning 205 – 229-4-m.) jinoyat uçun sudlangan, biroq sudlanganlik tugallangan yoki olib taşlangan bölsa. Sudlanganlikni tugallaş yoki olib taşlaş tartibi Jinoyat kodeksining 78-80-moddalarida bayon etilgan;
boşqa sohalardagi jinoyat uçun (masalan, şaxsga qarşi, tinçlik va xavfsizlikka qarşi, ekologiya sohasidagi va h.k.) sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib taşlanmaganda.
Avval jinoiy javobgarlikka tortilganligi, şu jumladan sudlanganlik tugallanganligi va olib taşlanganligi haqidagi ma'lumotlar sudlanganligi töğrisidagi ma'lumotnomada körsatiladi.
Bu nimalarga ta'sir körsatadi? Lombard boşqaruv organlarining tuzilmasi va xodimlar tarkibi töğrisidagi ma'lumotlar litsenziyalovçi organga – Markaziy bankka hujjatlar paketi bilan birga taqdim etiladi. Tegişinça, mazkur ma'lumotlar talabgorga litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qilinişida hisobga olinadi.
Hujjat 15.06.2020 yildan kuçga kirdi.










