«Ötgan yil oxirida, yil boşida budjetni tasdiqlayotganda rejalarimiz umuman boşqaça bölgan. Bu yil fevral oyi oxiri, mart oyi boşida bölgan özgarişlarni heç kim prognoz qilmagan.

Xalqaro bozorlarda neft narxi özgarişi rejalarni özgartira boşladi. Keyin pandemiya şaroitida bizning davlatda ham e'lon qilingan karantin barça rejalarni keskin ravişda özgartirib yubordi.

Budjetimiz ötgan yil oxirida 2020 yilga defitsit bilan tasdiqlangan. Defitsitni qoplaşga albatta taşqi qarzdan foydalaniş rejalaştirilgan bölib, bir qismini xalqaro moliyaviy taşkilotlardan, bir qismini xalqaro kapital bozorlariga çiqib, yevrobondlarni joylaştiriş orqali qoplaş rejalaştirilgan.

Yevrobondni joylaştirişni bahorga rejalaştirgandik. Avval yevrobondlarni joylaştirib, qöşimça pul jalb qilişni möljallagandik. Xalqaro moliyaviy taşkilotlardan qarz oliş esa aksinça yilning oxiriga rejalaştirilgandi.

Lekin butun dunyoda röy bergan voqea xalqaro moliyaviy bozorlarga ham ta'sir qildi. Hozir 2-3 oy ötganidan keyin moliyaviy bozorlar sal tinçlandi. Mavhumlik yöqoldi. Lekin fevral va mart oylarida şu darajada mavhumlik bölganki, hatto xalqaro moliyaviy taşkilotlar ham bu inqiroz qançalik çuqur bölişi, qança davom etişi böyiça aniq prognoz bera olmagan. Aniq prognozlar bölmagani xalqaro kapital bozorlariga ham öz ta'siri körsatgan, ma'lum bir davrga rivojlanayotgan davlatlarga xalqaro kapital bozori deyarli yopildi deb aytsak ham böladi. Çunki hamma investorlar öz resurslarini rivojlanayotgan davlatlardan olib çiqib ketib, boşqa aktivlarga investitsiya qilişni boşladi», deya Timur Işmetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U şaroitdan kelib çiqib, rejalar özgargani haqida gapirdi.

«Ana şu paytda biz rejalarni özgartirişga majbur böldik. Birinçisi, yevrobond orqali qarz jalb qilişni bozor şaroitiga qarab yilning keyingi davriga qoldiriş. Birlamçi davrda esa boşqa instrumentlarni köriş. Ikkinçi özgariş – bunday şaroitda ikkinçi çorak uçun budjetdagi tuşumlar, xarajatlarimiz ham keskin özgardi. Ya'ni bunday inqiroz daromadlarimizga ta'sir qilib, daromad rejalarimiz pasaytiriş tomonga özgartirilgan bölsa, xarajatlarni esa aksinça oşirişga majbur bölganmiz. Hammangizga ma'lum, aynan karantin davrida soğliqni saqlaş sohasiga köproq pul sarflaşga qaror qilingan», dedi vazir.