AFP axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Rifat Asad uyuşgan guruh tarkibida pullarni yuvişda va soliq qonunçiligini buzişda aybdor deb topilgan.
Ta'kidlanişiça, sudlanuvçiga tegişli köçmas mulk obektlari 800 mln yevroga baholanadi. Ular Fransiya, Ispaniya va Britaniyada joylaşgan.
Şuningdek, sud qarori bilan 82 yoşli Rifat Asadning 90 mln yevrolik mulki, jumladan ikkita haşamatli uyi, 40 ga yaqin kvartirasi, qasri, otxonasi va boşqa obektlar musodara qilinadi.
Avvalroq şu kun AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Vaşington Suriyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritişini, ular ostiga Suriya prezidenti Başar Asad va uning rafiqasi tuşişini e'lon qilgandi.
Rifat Asad Suriyaning sobiq prezidenti, Başar Asadning otasi Hafiz Asadning ukasi hisoblanadi va bir vaqtlar uning yaqin safdoşlaridan biri bölgan. U 1983 yilda akasi şifoxonada yotganidan foydalanib, davlat töntaruvini amalga oşirmoqçi bölgan va uşbu qilmişi uçun Suriyadan surgun qilingan. Oxirgi 30 yil 4 rafiqasi va farzandlari bilan birga Yevropada yaşab kelgan va özini Suriyaning hozirgi hukumati raqibi deb ataydi.












