Qur'a natijasiga köra, Özbekiston U16 ösmirlar milliy jamoasi Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bilan bir guruhdan joy oldi.

Qayd qiliş joizki, özbekistonlik ösmirlar musobaqaning Toşkentda ötgan saralaş bosqiçida Hindiston bilan bir guruhdan joy olgan va özaro öyinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Natijada, hindistonliklar töplar nisbatiga köra hamyurtlarimizdan özib ketib, 1-örin bilan guruhdan çiqişgan edi.

Turnir reglamentiga köra, guruhda 1 va 2-örinni egallagan jamoalar pley-offga çiqişadi. Yarimfinalga çiqqan 4ta jamoa 2021 yilda Peruda ötkaziladigan U17 jahon çempionatiga yöl olişadi.

Eslatib ötamiz, musobaqa 16 sentabr – 3 oktabr kunlari Bahraynda ötkazilişi lozim edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 25 noyabr – 12 dekabr kunlariga qoldirildi.

Qayd qiliş joizki, Bahrayndagi musobaqa 16 yoş toifadagilar uçun sönggisi böladi. 2023 yildan boşlab OFK turnirni 17 yoşgaça bölgan futbolçilar orasida ötkazadi.

Osiyo çempionati U16
Bahrayn – 2020
25 noyabr – 12 dekabr

A guruhi
Bahrayn
KXDR
Eron
Qatar

B guruhi
Tojikiston
Ummon
Yaman
BAA

C guruhi
Janubiy Koreya 
Avstraliya
Hindiston
Özbekiston

D guruhi
Yaponiya
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Xitoy