AQŞ, Kanada, Irlandiya va Britaniya fuqaroligiga ega Pol Uilan 2018 yil 28 dekabr kuni Moskvada FXX xodimlari tomonidan uşlangandi. FXX Jamoatçilik bilan aloqalar markazining bildirişiça, “Uilan josuslik kampaniyasi paytida” qölga olingan.
Rossiyada josuslikda ayblanib 16 yilga qamalgan AQŞ fuqarosi Pol Uilan AQŞda hibsda bölgan rossiyaliklar Viktor But va Konstantin Yaroşenkoga almaştirilişi mumkin.
"Rossiyalik vatandoşlarni vatanga qaytarişga qaratilgan har qanday almaştiriş, har qanday harakatni insonparvarlik va ğamxörlik harakati deb hisoblab kelganman va hisoblayman", - dedi Rossiya inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova Uilanni But va Yaroşenkoga almaştiriş imkoniyati haqidagi savolga javoban.
Avvalroq Uilanning advokati Vladimir Jyerebenkov almaştiriş ehtimoli haqida gapirib ötgandi.
AQŞ, Kanada, Irlandiya va Britaniya fuqaroligiga ega Pol Uilan 2018 yil 28 dekabr kuni Moskvada FXX xodimlari tomonidan uşlangandi. FXX Jamoatçilik bilan aloqalar markazining bildirişiça, “Uilan josuslik kampaniyasi paytida” qölga olingan.
Pol Uilan özini aybdor deb hisoblamaydi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, Uilan Amerikaning Borg Warner kompaniyasida xavfsizlik xizmati boşliği bölgan. 2004 va 2006 yillarda AQŞning Iroqdagi harbiy kampaniyalarida qatnaşgan.
Rossiyalik uçuvçi Konstantin Yaroşenko 2010 yilda Amerika maxsus xizmati tomonidan Liberiyada qölga olingan. AQŞda u giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib 20 yilga qamalgan. Yaroşenko bu ayblovni inkor etgan.
Rossiyalik tadbirkor Viktor But AQŞda 2012 yilda noqonuniy qurol savdosi va terrorizmni qöllab-quvvatlaşda ayblanib 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. But ham bu ayblovlarni tan olmagan.

















