Dunyoga maşhur Alp toğlaridan-da betakror, tabiati gözal, iqlimi mö'tadil, bahavo Zomin toğlari bağrida joylaşgan "Istiqlol" bolalar soğlomlaştiriş oromgohida ayni paytda “Sardoba” suv ombori halokati natijasida jabrlangan oilalarning farzandlari dam olişmoqda.
Hukumatimiz tomonidan Sardoba suv ombori halokati jabrlanuvçilariga har tomonlama yordam berişga doir taşabbus “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan ham qöllab-quvvatlanib, uşbu taşabbus doirasida Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylaşgan “Istiqlol” bolalar soğlomlaştiriş oromgohi ham sirdaryolik bolajonlarning yozgi ta'til mavsumida maroqli dam olişlari uçun hozirlandi. 2020 yil 12 iyun kuni uşbu oromgoh 160 nafar bolajonni qabul qilib oldi. Axborot xizmatining ijodiy guruhi 15 iyun kuni mazkur oromgohga taşrif buyurib, bolajonlarga yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.

-2020 yil 12 iyun kuni 160 nafar 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan Sirdaryolik bolalarni qabul qilib oldik, - deydi oromgoh boşliği Dilorom Usanova. - Bolajonlar – “Elparvar”, “Mard öğlon”, “Özbegim qizlari”, “Zulfiya izdoşlari”, “Yoşlik”, “Istiqlol”, “Yulduzça” hamda “Kiçkintoy” kabi otryadlarga bölingan holda dam olişmoqda. Bu yil oromgohimiz “Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat, milliy merosga hurmat” şiori ostida öz faoliyatini olib bormoqda. Hozirgi pandemiya vaqtida oromgohda qat'iy karantin qoidalariga rioya etilgan holda bolajonlar uçun 13 nafar malakali pedagoglar jamoasi, 2 nafar şifokor va 3 nafar hamşiralar, 8 nafar yetakçilar hamda qöriqlaş taşkiloti xodimlari xizmat qilib kelişmoqda.
Bolajonlarning oromgohda mazmunli va maroqli hordiq olişlari uçun “Mohir qöllar”, “Yoş tabiatşunos”, “Ingliz tili”, “Ma'naviyat va ma'rifat darslari”, “Biser töqiş”, “Rasm çiziş”, “Yoş suxandon” kabi tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan. Har bir tögarakka masofa saqlagan holda 5 nafardan bola navbatma-navbat qatnaşadi. Bundan taşqari, özida 1300 dona badiiy adabiyotlarni jamlagan kutubxonamiz ham har kuni soat 9.00dan 18.00gaça kutubxonaçimiz Mahbuba Hasanova boşçiligida bolajonlar xizmatida. “Yoş suxandon” tögaragi a'zolari tomonidan har kuni radio orqali oromgoh yangiliklari, vatanparvarlik ruhidagi suhbatlar olib borilib, şe'rlar öqiladi.

Şuningdek, bolajonlarni soğlomlaştiriş maqsadida stol tennnisi, futbol, basketbol, voleybol, şaşka, şaxmat, badminton kabi sport tögaraklari ham öz faoliyatini olib borişmoqda.





















