«2020 yilning yanvar-may oylarida 40 mingga qonun buzilişi holatlari aniqlangan. Şundan 32 mingga yaqin muddat buziş, 2,5 mingdan ortiq töğridan-töğri davlat xizmati körsatiş, 400 dan ortiq ortiqça hujjat talab qiliş, 5 mingdan ortiq boşqa turdagi qonun buzilişlarini taşkil etadi.
Qonun buzilişlarining aksariyati kadastr (12 mingga yaqin), gaz ta'minoti (6 mingdan ortiq), içimlik va issiq suv ta'minoti (5,5 mingga yaqin), elektr ta'minoti (2 mingdan ortiq), soğliqni saqlaş (2 mingdan ortiq), hokimliklar (1,5 mingga yaqin), soliq idoralari (1 mingdan ortiq), quriliş idoralari (600 ga yaqin) hissasiga töğri keladi.
Aniqlangan qonun buzilişlari yuzasidan vakolatli idoralarga 331 ta taqdimnoma, 1 215 ta ogohnoma kiritilgan, 1 172 ta ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilgan. Qöllanilgan ta'sir çoralari natijasida 1172 nafar şaxs ma'muriy, 200 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 9 nafari esa vazifasidan ozod etilgan», deya Sevara Zokirovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, vakolatli idoralarning mas'ul xodimlari davlat xizmatlari körsatişda axborot tizimlari bilan işlaş böyiça yetarli bilim va könikmalarga ega emasligi, mas'ul xodimlarga davlat xizmati körsatiş qöşimça vazifa sifatida yuklatilganligi, xodimlarning qönimsizligi, axborot tizimining mavjud emasligi hamda xizmat körsatiş jarayonida axborot almaşinuvi elektron şaklda yölga qöyilmaganligi davlat xizmatlari körsatiş sohasida qonun buzilişi holatlariga yöl qöyilişiga sabab bölmoqda.

















