8-avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Vashington sammitiga bir yil to‘lgani munosabati bilan Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilingan. Tomonlar uzoq yillik mojaroga barham berilganini ta’kidlagan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, TRIPP transport loyihasi va mintaqada transport bog‘liqligini kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.
Aliyev Trampga Vashington sammitidagi roli va Ozarboyjonni G20 sammitiga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirgan. Tomonlar Ozarboyjon–AQSh strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.











